Tumorni bo‘yinga ilish

Muxtaram ustoz saytdagi savol javoblarni birida "Qur’on oyatlarini xam tumor qilsa bo‘ladimi?" deb berilgan savolga "- Buni o‘zi Qur’on o‘qiy olmaydigan kichik bolalarga qilsa bo‘ladi. Kattalar o‘zlari o‘qib, dam solib yurishlari kerak." deb javob bergan ekansiz, buni bilib oldim.Savol: Bolalarga yuqorida aytilganidek tumor qilib ipga boglab bo‘yinlariga taqib(ilib) quysa bo‘ladimi, yoki xoch taqqanlarga o‘xshab qolmasligi uchun bo‘yinlariga taqmagani maqulmi?Savol berishimdan maqsadim: Tumor xar doim bolani yonida turishini taminlashni oson yo‘li shu deb o‘yladim (chunki kiyimga tikib qo‘yiladigan bo‘lsa kiyim almashtirganda tumorni u kiyimdan boshqa kiyimga ipini sukib yana tikish bilan ozgina ovoragarchilikga duch keladi yoki ilgak bilan qadab qo‘ysa bolalar xar-xil xarakatlari sababli bilib-bilmay o‘zlariga sanchib olishlari mumkin). Ustoz ishni oson qilaman deb ikkinchi tomondan gunoxkor bo‘lib qolmaymanmi deb sizdan surashga qaror qildim, bergan javobingiz boshqalarga xam dars bo‘ladi degan umiddaman.Vaqtingizni olganim va bilimsizligim uchun avf etishingizni so‘rayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sahobalarga kiyimga taqishgan.

27 May 2022, 01:37 | Savol-javoblar | 136 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar