Aniqlangan narxni o‘zgartirish

Assalomu alaykum! Bir velosipedimni sotib olishga odam kelganida, ikkinchi velosipedimni ko‘rib, o‘shanga qiziqib qoldi. Men uni "4 xaftadan keyin sotmokchiman. Narxi shunday bo‘lardi" deb aytdim. Unda u kishi bo‘pti, men unda shunisini kutaman, deb birinchi velosipedimni olmasdan ketti. Ketganidan keyin lekin o‘sha velosipedni bunaqa arzonga sotgim kelmasligi xayolimga keldi. Ustiga yana 30% narxidan  qo‘shib sotgim keldi, chunki u rostdan xam zo‘r velosiped. Yoniga lampochkalari va savati bilan sotaman. Shuni endi boshida aytgan narxiga sotishim kerakmi? Yoki narxini ko‘tarishim xam mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Muayyan narxda savdo qilishga va’da berib qo‘ygan bo‘lsangiz unga vafo qiling. Vallohu a’lam!

16 Sentabr 2022, 20:40 | Savol-javoblar | 120 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar