Jamoat namozidagi holatlar
Assalomu alaykum! Ustozlar, mening nazdimda bizning masjidda namozni biroz tez o‘qishadi. Taroveh namozlarida esa, tezlik yana ham oshdi. Shu bois, quyidagi savollar paydo bo‘ldi.
1. Vitr namozidagi «qunut» duosini imom tez o‘qimoqdalar. Shu bois, men «qunut» duosini sal kam yarmigacha o‘qiy olmoqdaman xolos. Imkonim shunga etyapti xolos. Agar undan tez o‘qisam, adashib ketaman. Shu holatda mening namozim durust bo‘lyaptimi?
2. Oxirgi qa’dada esa, «tashahhud»ni va salavotning yarminigina o‘qiy olyapman xolos. Bu holatda ham namozim durust bo‘lyaptimi?
3. Imom namozga kiruvchi «Allohu akbar» kalimasidagi Alloh lafzidagi «Allooh», deb ikki alif cho‘zmoqdalar. Bu holatda ham namozga ta’siri yo‘qmi?
4. Sajdadan turganimda oyoqlar orasi hanafiy mazhabiga muvofiq kenglikdami yoki yo‘q shuni bilish uchun bir marta qarab qo‘ysam bo‘ladimi yoki sajda qiladigan joydan boshqa joyga qarash mumkin emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Durust bo‘ladi. 2). Durust bo‘ladi. 3). Ta’siri yo‘q. “Akbar”dagi “b”ni “Akbaaar” deb cho‘zmasa bo‘ldi. 4). Qarasangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:44 | Savol-javoblar | 166 | Ibodatlar