Sehrgarlar, folbinlar haqidagi kinolar

Assalomu alaykum! Dinimizda "Folbinning foliga ishonmasang ham uning foliga quloq solma aks holda 40 kunlik namozing zoe ketadi" degan ma’nodagi gap bor. Hozirda TV larda shunday kinolar qo‘yishyapdiki sehrgarlar, folbinlar va yana balo battarlar. Aytingni shu kinolarni ko‘rgan mo‘minning ham namozi nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozi hech narsa bo‘lmaydi. Ammo ularni ko‘rib vaqtini zoe ketkazgan bo‘ladi. عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ : النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لاَ تَزُولُ قَدَمَا عَبْدٍ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حَتَّى يُسْأَلَ عَنْ أَرْبَعٍ : عَنْ عُمُرِهِ فِيمَا أَفْنَاهُ ، وَعَنْ جَسَدِهِ فِيمَا أَبْلاَهُ ، وَعَنْ مَالِهِ مِنْ أَيْنَ اكْتَسَبَهُ وَفِيمَا وَضَعَهُ ، وَعَنْ عِلْمِهِ مَاذَا عَمِلَ فِيهِ Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: U kishi aytdilar:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni bandaning ikki oyog‘i, to‘rtta narsadan so‘ralmaguncha (o‘rnidan siljimaydi) davomli bo‘ladi: umrini nimaga sarf qilgani, jasadini nimaga zoe ketkazgani, boyligini qaerdan kasb qilib va uni qaerga ishlatgani, ilmiga qanday amal qilgani haqida, so‘raladi”, dedilar.
(Sunani Dorimiy).  Vallohu a’lam!

11 May 2022, 15:09 | Savol-javoblar | 140 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar