Ota onam xakida

Assalomu alaykum!Shayx xazratlari vaziyat kuyidagicha: Alloxga bexisob shukur kunglimdagidek ayol nasib etdi. Ayolim rezus faktori: "manfiy" (otritsatelni) 2-kon gruppasi, meniki esa polojitelnыy (musbat) 2. Uylanganimga 5 oy buldi, ayolim 6 xaftalik xomilador bulganida, xomila tushib koldi, xomila tushib kolgandan sung onam ayolimdan rezus faktor va kon gruppasini suragan ekanlar, ayolim aytgan. Sung onam meni yonimga kelib "sanlani kurgan nikoxlaring mumkin bulmagan nikox, bu vaziyatda kelinni onasi manga kelinni koni otritsatelnыy ligi xakida bir ogiz tuydan oldin aytishi kerak edi, otritsatelnыy konlik kizlar fakatgina otritsatelnыy yigitlarga tegishi kerak deyaptilar, 3tadan ortik farzand kurish mumkinamas sanlaga, bittasi tushib koldi endi 2ta imkoning koldi, buning oxiri voy buladi xali" deyaptilar. Shayx xazratlari meditsina xodimlari (okusher, ginekologlar) esa umuman bu vaziyatni aytib bersam bexosdan kulib yuborishyapti. Vaxima kiladigan xech narsa yuk deyishyapti. Shayx xazratlari ota-onam internetdan xar xil ma’lumotlar topib boshimni kotirib tashashyapti. Zurga chidayaapman "-sizzi yoki usha internetdagi gaplar emas, xudoni aytgani buladi!!!" deb javob berdim. Shayx xazratlari iltimos yukoridagi vaziyatga uzingizni shaxsiy fiklaringizni bersangiz.Allox rozi bulsin, allox iloxim ikki dunyo saodatini bersin... Javobingizni kutamiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tabiblar bo‘laveradi desa etarli. Boshqalarning gapiga quloq solmang.

27 May 2022, 01:51 | Savol-javoblar | 133 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar