Kimga ishonish

Assalomu alaykum! Oldindan uzr so‘ragan xolda bir narsaga aniqlik kiritishingizni iltimls qilardim. Shukrullox domlani "kambag‘allik ayb emas" degan ma’ruzalarida Payg‘ambarimizni kambag‘al deb aytdilar? 6194-savol javobda sizlar –Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarning eng boyi bo‘lganlar. Bir vaqtning o‘zida 9ta ayollarining nafaqalari, ularning bolalarini nafaqalarini ta’minlay olganlar. Ba’zi bir rivoyatda u kishining egnilaridagi kiyimlari 30.000 dirhamga barobar edi deyilgan. 200 dirham zakot nisobining miqdori bo‘ladi. Qanchalar ota-ona, tuyalari va o‘zlariga xos erlari ham bo‘lgan. Qanday qilib buni kambag‘allik deb bo‘ladi. Albatta Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ulardan chiqqanini to‘plab o‘tirgan emaslar. Tinmasdan xayri ehsonlar qilib, sahovatda tengsiz bo‘lganlar – degansizlar. 2). Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni xayotlari xaqida to‘liq yozilgan kitob nomi nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo “Zuho” surasida  وَوَجَدَكَ ضَالًّا فَهَدَى۝  وَوَجَدَكَ عَائِلًا فَأَغْنَى۝ 7. Va U seni hayron holda topib, hidoyatga boshlamadimi?
8. Va U seni kambag‘al holda topib, boy qilmadimi?  
deb marhamat qilgan. Barcha siyrat kitoblaridan o‘qishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:25 | Savol-javoblar | 137 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar