Vafot kilgan odamning doirasi xakida

Assalomu alaykum raxmatulloxu va barakotux xurmatli Shayx Xazratlari.Savollarimizga javob olayotganimizdan juda xursandmiz, siz tufayli kupgina gunox ishlardan ogox buldik va bu gunoxlardan chetlandik. Sizga Allox toolo uzok umr va mustaxkam soglik bersin, musulmonlar baxtiga xar doim salomat bulib yuring.Sizga bir savol bilan murojaat kilmokchiman:Ustoz, biz tomonlarda (Samarkand) bir xolat bor, ya’ni biror bir ayol yoki erkak kattik kasal bulib koladi va fol ochtiradi (menimcha,fol xarom ekanligini bilishmaydi). Fol ochtirgandan keyin usha folchi falon utgan karindoshlaringni doirasini konlash kerak deydi, bulmasam sizlarga xar xil ofat kelaveradi deydi. Usha doirani egasiz/e’tiborsiz koldirgan odamlar kattik kasal buladi yoki ishlari yurishmay koladi. Men bu ishlarni uz oilam boshiga tushayotgani uchun surayotgandim, ya’ni men tugilgan kishlokdagi karindoshlarimizda ushanaka egasiz kolgan doira bor ekan (oyimning oyilariniki ekan) ushani konlab, shu oiladan kimlir usha doirani olish kerak emish. Usha doira egasiz kolgani uchun ishlari yurishmayotgan ekan. Men bu ishlardan ularni ogoxlantirayapman, birok ular uz bilganini kilishmokchi, shu bilan birga meni oyim xam bu ishga katnashmokchilar. Ustoz shu amallar xakida nima maslaxat berasiz? Naxotki usha doirani konlamasa odam baxtsizlikka uchrashi mumkin bulsa?Savolim chuzilib ketgani va Sizni urintirib kuyganim uchun uzr surayman.Ustoz duo kiling iltimos!Sizga oldindan katta raxmat.Assalomu alaykum raxmatulloxu va barakotux!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu mutlaqo noto‘g‘ri gap. Bunday qilish gunohdir. Bizning dinimizda bu gaplar mutlaqo mumkin emas!

27 May 2022, 02:06 | Savol-javoblar | 142 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar