Imom xatibning ma’ruzasi
Assalomu alaykum! Juma namozida imom xatibning 12-30 boshlaydigan O‘MI tomonidan yuborilgan tezis asosida qiladigan maruzasini vaqtida kelib tinglash vojibmi yoki sunnatmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Juma xutbasiga quloq tutish vojib, imom xutba o‘qishni boshlaganida nafl ham, sunnat ham o‘qish joiz emas. Avvalroq boshlagan bo‘lsa, tugatib qo‘yish joiz. 12-30da boshlanadigan ma’ruza esa, juma namozining shartlaridan emas. Unga quloq solish ixtiyoriydir. Albatta oyat va hadislardan gapirilganida uni tinglashni tark qilib befoyda narsaga mashg‘ul bo‘lish joiz emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 11:45 | Savol-javoblar | 153 | Ibodatlar