kuron xakida
assalamu alaykum xurmatli shayx xazratlari meni bir savolim bor edi.men rus tilida islomiy maruza eshitdim unda maruzachi aytishicha:kuronda mansux bulgan oyatlar xam bor. xattoki shunday oyatlar xam bulganki kiroat kilinishi xam bekor kilingan. shu tugrimi?u kishi oyat xam keltirdi mazmunan shunday: biz bir oyatni bekor kilsak yoki yodingizdan unutdirsak urniga undan kura yaxshirogini nozil kilamiz.meni ilmim juda xam oz xazrat savolimni xatolari bulsa uzur.ollox sizdan rozi bulsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo buzilib, izdan chiqqan inson jamiyatinining ijtimoiy kasalliklarini xuddi og‘ir kasalni ustalik bilan davolayotgan tabib kabi davolaydi. Tabib asosiy kasallikni davolashdan oldin atrofdagi mayda kasallarga vaqtinchalik dorilar berib turib, keyinchalik, fursati kelganda, asosiy dorini ishga solganday, Alloh taolo johiliyat dardlarini davolashda oldin bir hukmni joriy qilib turib, vaqti etganda uni amaldan qoldirib, o‘rniga asosiy hukmni joriy etar edi. Buni «nasx» deyiladi. Islom shariatida nasx borligini bilgan yahudiylar o‘z odatlaricha fitna qo‘zib, visirvisir gap tarqata boshladilar.Ular: «Muhammadni ko‘ryapsizlarmi, bugun sheriklariga bir ishni buyursa, ertaga undan qaytarib, boshqasiga buyuryapti. Bugun bir gapni aytsa, ertaga undan tonyapti», deb gap tarqatdilar.Shunda Alloh taolo quyidagi oyatni tushirdi. Bu oyatda Allohning avvalgi oyatda zikr qilingan ulug‘ fazli namoyon bo‘ldi. Chunki nasx ham Uning fazlidan bo‘lib, bandalarga engillik uchundir.106. Oyatlardan birontasini nasx qilsak yoki unutdirsak, undan yaxshisini yoki unga o‘xshashini keltirurmiz. Alloh har narsaga qodir ekanini bilmadingmi?107. Albatta, osmonlaru erning mulki Allohniki ekanini va sizlarga Allohdan o‘zga dust ham, yordamchi ham yo‘qligini bilmadingmi?«Nasx» so‘zi lug‘atda o‘zgartirish, bekor qilish ma’nosini bildiradi. Shariat ta’rifida esa, bir shar’iy hukmning undan keyin kelgan shar’iy dalil bilan bekor qilinishiga aytiladi. Tushunish uchun oddiy bir misol keltiradigan bo‘lsak, ko‘pchilik bo‘lar bo‘lmasga Payg‘ambar alayhissalom huzurlariga kirib, bekorchi gaplar bilan u zotning vaqtlarini olishaverganidan so‘ng, Alloh taolo oyat tushirib, kim Payg‘ambar alayhissalom bilan huzurlarida yolg‘iz qolib gaplashmoqchi bo‘lsa, gaplashishdan oldin sadaqa qilishga buyurdi. Odamlar bu orqali Payg‘ambar alayhissalomning qimmatli vaqtlarini bekor o‘tkazmaslik lozim ekanligini anglab bo‘lganlaridan so‘ng, boshqa oyat tushirib, avvalgi hukm bekor qilingani e’lon etildi.Ushbu oyati karimalarda Alloh taolo har bir narsaga qodir ekanligi ta’kidlangan. Ana shu qudrati ila xohlagan oyatni nasx qiladi, xohlaganini unutdiradi. Bu xohishni yahudiylar chegaralay olmaydilar. Shuningdek, osmonlaru erning mulki Allohniki, jumladan, qaysi oyatni nasx etish, qay birini unut qilish ham U Zotning O‘zining mulki, O‘zi biladi.Bu masalani “Ulumul Qur’on” deb nomlanuvchi ilmda batafsil bayon qilinadi. Hozir shu kitob ustida ish olib borilmoqda. Duo qilib turinglar, chop etilib qolsa, hammamiz birgalikda foydalanamiz.Nasx masalasi “Usulul fiqh” ilmida umumiy tarzda ko‘riladi. Bu boradagi kitobimizdan tushunish oson bo‘lishi uchun bir bo‘lak ma’lumot taqdim qilishga ijozat bergaysiz.HUKMNING NASX BO‘LIShI«Nasx» so‘zi lug‘atda «o‘zgartirish», «bekor qilish» ma’nosini bildiradi. Usulul fiqh ta’rifida esa: «Bir shar’iy hukmning undan keyin kelgan shar’iy dalil bilan bekor qilinishiga «nasx» deb aytiladi». Tushunish uchun oddiy bir misol keltiradigan bo‘lsak, ko‘pchilik bo‘lar-bo‘lmasga Nabiy alayhissalomning huzurlariga kirib, bekorchi gaplar bilan u zotning vaqtlarini olishaverganidan so‘ng, Alloh taolo oyat tushirib, kim Nabiy alayhissalom bilan huzurlarida yolg‘iz qolib gaplashmoqchi bo‘lsa, gaplashishdan oldin sadaqa qilishga buyurdi. Odamlar bu orqali Nabiy alayhissalomning qimmatli vaqtlarini bekor o‘tkazmaslik lozim ekanligini anglab bo‘lganlaridan so‘ng, boshqa oyat tushirib, avvalgi hukm bekor qilingani e’lon etildi.Nasx boshqa shariatlarda ham voqe’ bo‘lgan. Albatta, bizning shariatimiz o‘zidan avvalgi shariatlarning shar’iy hukmlarini nasx qilgandir. Shu bilan birga, bizning shariatimiz ichida sobit bo‘lgan hukmning nasx bo‘lishi ham bor. Bunga dalil sifatida ulamolarimiz Qur’oni Karimning «Baqara» surasidagi quyidagi oyatni keltiradilar:«Oyatlardan birontasini nasx qilsak yoki unuttirsak, undan yaxshisini yoki unga o‘xshashini keltirurmiz. Alloh har narsaga qodir ekanini bilmadingmi?» (106-oyat).Lekin shuni yaxshi bilish kerakki, shar’iy hukmlarning nasx bo‘lishi faqat Nabiy sollallohu alayhi vasallamning davrlarida bo‘ladi. Ul zot alayhissalomdan keyin nasx yo‘qdir. Chunki, nasxni faqatgina vahiydan bilinadi. Vahiy esa, faqatgina Nabiy sollallohu alayhi vasallamning davrlarida bo‘lgan. Ul zotning vafotlaridan keyin ahkomlarning birortasi nasx bo‘lmaydi. Nasxning shariatda bo‘lishining hikmati shar’iy hukm bog‘langan bir narsaning inson manfaati uchun holati o‘zgarib qolganini e’tiborga olishdan iboratdir. Mazkur holatni rioya qilib, avvalgi hukmni o‘zgartirish uchun, shariatda nasx qoidasi joriy bo‘lgan.Hukm vaqtinchalik sabab va maslahatlar yuzasidan istinbot qilingan bo‘ladi. Vaqt o‘tishi, sharoit o‘zgarishi bilan haligi ko‘zlangan manfaat va keltirilgan sababning holati o‘zgarib qoladi. Sabablar yo‘q bo‘ladi va manfaat o‘zgarib turadi. Bas, endi avvalgi hukmni o‘zgartirishning taqozosi yuzaga chiqadi. Mukallaf insonlar uchun eski hukmni bitirib, Yangi, boshqa bir hukmni joriy qilish manfaatliroq bo‘lib qoladi. Yangi hukmning bardavom bo‘lishi iroda qilinadi. Shunday qilib, odamlarni eski vaziyatdan afzalroq, puxtaroq va yaxshiroq vaziyatga o‘tkaziladi.Gohida hukmni o‘zgartirishdan mukallaflarni sinab ko‘rish ko‘zda tutilishi ham mumkin. Misol uchun, Nabiy sollallohu alayhi vasallam ba’zi bir hadislarida qurbonlikning go‘shtini uch kundan ortiq ushlab qolish mumkin emasligini bayon qilganlar. Ana o‘sha nahyni qilgan paytlarida muhtoj kishilarga oziq-ovqat ulashish taqozosi yuzaga chiqqan edi. Shuning uchun, Nabiy sollallohu alayhi vasallam qurbonlikning go‘shtidan hech narsa qolmasligiga amr qildilar. Keyin sharoit yaxshilanib, nahyning sababi tugadi va Nabiy sollallohu alayhi vasallam musulmonlarga qurbonlik qilishsa, go‘shtini xohlaganlaricha saqlab turishga ruxsat berdilar.Yana alohida ta’kidlanadigan narsalardan biri shulki, nasx faqat amr va nahy taklifi bor shar’iy juz’iy hukmlarda bo‘ladi, xolos.
29 Aprel 2022, 01:46 | Savol-javoblar | 175 | Qur’oni karim