Yana masjid qilib ochsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Bizning maxallada 5-6yil oldin masjid qurilgan edi uni ishga tushirishga ruxsat bo‘lmadi. Shunda bo‘sh turmasligi uchun uni otalar choy xonasi qilishdi. Keyin o‘rta yoshlik kishilar u erda gap o‘pynab mayishat qilishdi ya’ni aroq ichishdi va karta o‘ynashdi. Endi masjidga ruxsat berilibdi masjid qilishmoqchi. U joyni endi masjid qilsa bo‘ladimi? Javob uchun rahmat. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Albatta bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidda ekanliklarida bir a’robiy kelib bavl qilishni boshladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bavl qilib olgunicha qo‘yib berishga buyurdilar so‘ng siydigining ustiga suv quyib tozalashni buyurdilar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:38 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar