Tilla qo‘shilgan taomlar
Assalomu alaykum! Hozirda ba’zi taomlarga tilla qo‘shishmoqda foydasi bor ekan ayishlari bo‘yicha. Shu tilla qo‘shilgan taomlar halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Oltinni o‘zini eyish yoki uni biror taomga qo‘shib tanovul qilish dinimizda durust emas.
Birinchidan, aslida oltin va kumush naqd pul hamda ayollarga ziynat qilib yaratilgan. Uni eydigan narsaga aylantirish joiz emas. Bunday qilish shar’iy va insoniy urfga ziddir. Chunki biror bir millat, din yoki jamiyat oltin va kumushni taom sifatida qabul qilmagan. Qur’oni karimda Alloh taolo shunday degan:وَقُلْنَا يَا آَدَمُ اسْكُنْ أَنْتَ وَزَوْجُكَ الْجَنَّةَ وَكُلَا مِنْهَا رَغَدًا حَيْثُ شِئْتُمَا وَلَا تَقْرَبَا هَذِهِ الشَّجَرَةَ فَتَكُونَا مِنَ الظَّالِمِينَ “Biz aytdik: «Ey Odam, sen va jufting (Havvo) jannatda yashangiz va xohlagan joylaringizda undan (ne’matlaridan) bemalol tanovul qilingiz. Faqat mana bu daraxtga yaqinlashmangiz, (aks holda) zolimlardan bo‘lib qolursiz” (Baqara surasi,35-oyat).
Ushbu oyatda emaslik kerak bo‘lgan narsani eyish zulm, deb e’tiborga olinmoqda. Demak, tilla yoki kumushni eyish ham zulm hisoblanadi.
Ikkinchidan, oltin va kumushdan yasalgan idishlarda taomlanish va ichish ham joiz emas. Payg‘amg‘ambarimiz alayhissalom bu haqda shunday deganlar:"لَا تَشْرَبُوا فِي آنِيَةِ الذَّهَبِ وَالفِضَّةِ" (متفق عليه) “Oltin va kumush idishlarda (taom va suv) ichmanglar...” (Muttafaqun alayh).
Ulamolarimizning so‘zlariga ko‘ra, bu qaytariqning sababi oltin va kumush idishlarda eb-ichish kibr hamda faxrga olib boradi va faqir insonlarning ko‘nglini sindiradi. Ushbu salbiy sifatlar oltinni idish sifatida ishlatgandan ko‘ra oltinni iste’mol qilishda ko‘proq topiladi. Bu esa o‘z navbatida inson qalbidagi bandalik sifatini yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.
Uchinchidan, bu molni isrof va zoe qilish va ne’matlarning qadrini erga urish hisoblanadi. Payg‘ambarimiz alayhissalom eb-ichish, sadaqa va kiyinishda isrof qilish hamda kibrga ketishdan qaytarib shunday deganlar:كُلُوا واشرَبوا وتَصدَّقوا والْبَسوا ما لم يخالِطْهُ إسرافٌ أو مَخيَلةٌ (رواه الامام ابن ماجه) “Modomiki isrof va kibr aralashmas ekan englar, ichinglar, sadaqa qilinglar va kiyinglar” (Imom Ibn Moja rivoyati).
Boshqa hadisi sharifda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: “Alloh taolo qiylu qol (mish-mish tarqatish), ko‘p savol berish va molni zoe qilishingizni yomon ko‘radi”, deganlar (Imom Muslim rivoyatlari).
To‘g‘ri, ayrim tabiblar shifo maqsadida kam miqdorda oltin iste’mol qilishni tavsiya qilgan bo‘lishi mumkin. Bu zaruratda boshqa dori qolmagani uchun “harom bilan davolanish” bobidan bo‘lib, alohida mavzu hisoblanadi. Lekin odatdagi holatda tilla va kumushni taomga qo‘shib eyish halol emas. Vallohu a’lam.O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.
9 Dekabr 2023, 17:40 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom