Internetda valyutalarning bir biriga nisbatan ko‘tarilishi yoki pasayishiga pul tikish harommi?

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, men yaqinda bir do‘stimning maslahati bilan internetda pul topishni o‘rganmoqchi bo‘ldim va anchagina pul sarf xam qilib qo‘ydim. Do‘stim menga (iqoption.som) degan internet dasturni maslahat berdi. Unda xoxlagan odam pul tikishi mumkin. Masalan dollarning evroga nisbatan o‘sishiga yoki tushishiga o‘zim xohlagan vaqtga va xohlgan pulni tikishim mumkin. Agarda men belgilagan vaqt tugab men qilgan taxmin to‘g‘ri chiqsa men tikilgan puldan 60%dan 90 % gacha yutuq olaman. Agarda men qilgan taxmin noto‘g‘ri bo‘lsa men pulimni yo‘qotaman. Bu yana rus tilida <<binarnыe optsionы> deyiladi. Internetda ma’lumot izlaganimda ba’zi bir odamlar harom deyishgan va yana ba’zi birovlari esa harom emas deyishmoqda. Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh qilayotgan ishingizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:15 | Savol-javoblar | 140 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar