Adolat nima?

Assalomu alaykum. Utgan galgi savolimda oilali ekanligimni, 2 farzandi bor bir ayolga uylanmokchi ekanligimni yozib, buning mas’uliyatlari nimalardan iborat, deb suraganimda, adolatdan deb javob beribsiz. Adolat yuzasidan xar ikki ayolga xam bir xil munosabatda bulish, ya’ni ularga nisbatan barcha xatti-xarakatlarni bab-barobar amalga oshirishmi yoki ular rozi buladigan darajada munosabatda bulsa etarlimi? Masalan, birinikida kamrok tunab, ikkinchisinikida kuprok vakt utkazsa, ikkisi xam bundan xafamas yoki shunga uxshash munosabatdagi boshka tengsizliklar xech kimni ranjitmayapti. Bu adolatdan buladimi?Javob uchun oldindan raxmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ikkisiga teng muomala qilish kerak. Biri o‘z haqidan voz kechsa, o‘zining ishi.

27 May 2022, 02:27 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar