zinomi
Assalomu aleykum Hurmatli Shayx hazratlari!! men ayolimni sevib uylanganman, Yaratganga shukrki haliham bir-birimizni sevamiz!! lekin bizni kupdan beri bir savol qiynab keladi! ochiqcha yozganligim uchun albatta sizdan uzr surayman!!! biz bir oliygohda ta‘lim olganmiz, deyarli birinchi kursada bir-birimizga kungil berganmiz, ha tanish hikoya deb uylayotgandirsiz! Rostdan ham bir-birimizni yaxshi kurardik(Alloh yolida) hatto uzimini bir oila deb his qolardik, bir-birimizga suyanchiq, do‘st edik, biz albatta oila quramiz deb ham ahdu paymon ham qilganmiz, Yaratganga shukrki shu kunlarga ham etib keldik, mana shu xotirjamlik, ya‘ni albatta turmush quramiz deb ba‘zida behayoliklar ham qilib quyardik, lekin Zino qilmaganmiz (albatta zinoning 4 ta turi bor men bunda asosiy turini nazarda tutyapman), lekin shu qilganimiz ham bizni tinimsiz vijdon azobida qiynardi, tu‘gri ayolim oilasida diniy ta‘lim olmagan, chunki ular biroz zamonaviyroq oila edilar, meni nima jin urib bu narsalarni bulishiga yo‘l quyardim bilmayman, hatto buning katta gunoh ekanligini bilib tursam ham hissiyotlarimga asir bulib uzimni qulga ola olmasdim, lekin keyin bularni eslab ayolim ham men ham Allohdan gunohlarimizni utishini surardik, birga utirvolib yig‘lardi chin dildan, men masjidlarga chiqib har nomozdan keyin yig‘lardim, Ramazon oylarida ruzni kanda qilmay tutib yaratgandan gunohlarimizdan utishni surardim, eng yomoni bizni bir narsa qiynardi shu qilgan ishlarimiz farzandimiz, va qurajak olilamizga zarar etkazsishidan qurqardik, har kuni iltijo qilardik Yaratgandan!! Men kichkinaligimda bir narsa uqigandim albatta hozir eslay olmayman bu kitob sahihmi nosahihmi "......agar inson zino qilib bitta gunoh qilsa, uzi bilan zino qilgan ayolga uylanib oldingisidan ikki barobar gunoh qilgan buladi" shu satrlar har esimga tushganda qiynalaman, albatta bu erda jinsiy aloqa nazarda tutilgan shunday bulsada, baribir vijdonim qiynaladi. albatta chimildiqqacha ayolim pok edi lekin baribir nimadir ichimdan zil ketadi har eslaganimda! shu jumlalarni bizg anisbatan tadbiq qilsa buladimi, agar inson zino qilib quysa usha ayolga uylansa nima buladi, albatta biz bu ishni qilmadik (Yaratganga shukr) lekin bu narsa lar juda ham kup kuzatilyapti hozir!! Umuman sizdan nima surayotganimni ham bilmayman, faqat vijdinim qiynalganidan shularni yozyapman, uzimdan ham kura ayolimni kurib ezilaman, chunki u ham har shu qilgan ishlarimizni eslaganda eziladi,men esa uzimni bilmaslikka olib gapni boshqa yoqqa buramn, chunku u bechorada nima gunoh, hamma ishni men qilganman, u ma‘suma hatto bularni gunoh ekanligini ham bilmagan!! men esa bilardim katta gunoh ekanligini , Shirk keltirishdan, keyingi og‘ir gunoh ekanligini bilardim, shuning uchun ayolimni har xil gaplar bilan ovutaman taskin beraman, baribir usha taskin beruvchi jumlani topa olmayman, shu jumlani aytishga yordam bersangiz iltimos, tarixda ham shunga uxshah voqealar kuzatilganmi agar bulgan bulsa ularning fatvosi qanday bulgan, uz bilin va tajribalaringizdan kelib chiqib shu savollarga javob bersangiz iltimos!!! PS Allohga shukrki hozir niyat qilganimizdek birgamiz, havas qilsa arziydigan oilamiz bor yaqinda farzandli ham bulamiz (yana xayolizga har xil xayollar kelmasin ayolim tuyimizdan 3 oy keyin homilador bulgan) faqatgina shu yoshlikda qilgan beboshliklarimiz haqidagi xayol biroz dilimizni xira qiladi, vijdonimizni qiynaydi!! Agar, behayoliklar qilgan bulsam, uzr!!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Zinokor o‘zi bilan zino qilgan shaxs ila oila qursa bo‘ladi.- Sizning holatingizda tavba va nadomat qilgandan keyin ish bitadi. Birovlarga aytmaslik kerak.
29 Aprel 2022, 01:57 | Savol-javoblar | 179 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Zinokor o‘zi bilan zino qilgan shaxs ila oila qursa bo‘ladi.- Sizning holatingizda tavba va nadomat qilgandan keyin ish bitadi. Birovlarga aytmaslik kerak.
29 Aprel 2022, 01:57 | Savol-javoblar | 179 | Oila va turmush