Shayh xazratlariga savol
Bismillahir rohmanir rohiym. Assalamu a‘laykum shayh xazratlari. Sizga bir savolim bor edi. Maslahatingizga muhtojman. Men tasodif tufayli bir muslima qiz bilan tanishib qolgan edim. U bilan 3 oycha telefonda gaplashib yurdik. Telefonda ham gaplashish gunohligi bilganimdan keyin vaqtni cho‘zib o‘tirmasdan darhol sovchi jo‘natdim. Qizning ota-onasi: qizimizni keyingi yil uzatish niyatidamiz o‘qishni bitirib olishi kerak. Keyingi yil xabar olib ko‘ringlar agar nasib qilgan bo‘lsa beramiz deyishdi. Qiz menga kutishini aytdi. Kelgan sovchilarga rozi bo‘lmay qaytaraman dedi. Endi keyingi yilgacha gaplashmay turamiz degandik bo‘lmayopti chiday olmayopmiz u ham men ham. Xazrat sizga savolim quyidagicha: agar u qiz bilan ota-onamizga etmasdan guvohlar o‘rtasida nikoh o‘qitib olsak shariatda joizmi. Shunday qilsak bo‘ladimi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh umringizni uzoq qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ota-onaga aytib qilish kerak. Hozir gaplashmay turishga chiday olmayotgan ekansizlar. Nikohlangandan keyin kattaroq muammolar chiqishi turgan gap.
27 May 2022, 02:52 | Savol-javoblar | 139 | Oila va turmush