Shayton meni yo‘ldan urayapti
Assalomu alaykum! Man 5 vakt namozni boshlaganimga 3 xafta bolayapti.Man namoz okiyatgan paytimda shayton mani to‘g‘rldan urayapti xayolimi chalgitayapti.Turli xil xiyla-nayranglarni kilyapti manga.Shunaka gumonlarga olib borayaptiki man iymonimdan ajralmadimmikan, Allohga shirk keltirmayapmani db konglim xijil bolayapti.Shaytonni tez engishim uchun yordam beringlar? 2)Endi dinning ichiga kirayatganm uchun kop gumonga boraman.Manga badiy, maniy, maziy to‘g‘risida kengrok ma’lumot beringlar? 3)Bir yakin dostim insonni tanasida ortikcha tuk bolsa u insonni namozi namoz bolmaydi deb aytdi bu to‘g‘rimi? 4)Shaxvatdan saklanish uchun duo bolsa u xakda xam ma’lumot beringlar? 5)Namozdan keyin duo kilish tartibini xam aytib bering?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Xursand bo‘ling, shayton hazinasi bor uyga o‘g‘irlikka tushadi. Istig‘forni ko‘paytiring, har qanday vasvasa xayolingizga kelsa ham aslo cho‘chimang. Bu shunchaki vasvasa deb qo‘ying.3). Noto‘g‘ri. 40 kunga etkazmasdan kindik va qo‘ltiq osti tuklarini olib turing.4). Ko‘p vaqt ro‘za tuting. 5). Nima deb duo qilsangiz qilavering. O‘tirib duo qilishingiz shart emas, yurib yoki ishlab duo qilsangiz ham bo‘ladi. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 20:15 | Savol-javoblar | 154 | Ruhiy tarbiya