Ikki sajdada istig‘for aytish

Assalomu alaykum! Ikki sajda orasida Astaxfviriloxi Azim desa bo‘ladimi? Man anchadan beri shunga o‘rganib qolganman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! “Astaxfviriloxi” emas Astag‘firulloh bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Robbig‘firlii, Robbig‘firlii” der edilar. Boshqa bir o‘rinlarda esa quyidagicha o‘qir edilar. عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ بَيْنَ السَّجْدَتَيْنِ: اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي وَارْحَمْنِي وَعَافِنِي وَاهْدِنِي وَارْزُقْنِي. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ  Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam ikki sajda orasida «Allohummag‘firli, varhamni va a’fini vahdini varzuqni», der edilar».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.
Sharh: Duoning ma’nosi:
«Allohim, meni mag‘firat qil, rahm qil, ofiyat ber, hidoyat qil va rizqlantir». ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:07 | Savol-javoblar | 194 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar