O‘z qiziqishim
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men hozir universitetda ikkinchi kurs talabasiman, ikki yildan beri turli xil qo‘shimcha kompyuter bo‘yicha kurslarga boraman. O‘qishga topshirmoqchi bo‘lganimda ham ushbu yo‘nalishni tanlaganman. Oldin ushbu kompyuter dasturlash yo‘nalishlariga qiziqishim katta edi. Lekin hozir bu qiziqish menda umuman qolmagan. Hozir nimaga qiziqaman nima qilsam menga maqul bo‘ladi, umuman olganda o‘zim tushunmaydigan xolatga tushib qolganman. Men kelajakda ushbu tanlagan soxam boyicha ketishni xoxlayman. Qanday qilib o‘z xolatimga qaytsam bo‘ladi? O‘sha ishtiyoqni qanday qilib tiklasam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz buning uchun bu soha orqali avvalo o‘z yashashingizga, xalqimizga xizmat qilishga, dinga xizmat qilib qanday savob olishga erishish haqida izlanish qiling. Chunki bu soha boshqa mamlakatlarga nisbatan bizda ancha orqadaligi hammaga ma’lum. Shu niyatlarni qilib harakat qilsangiz har bir qilgan harakatingiz ibodat hisoblanadi. Albatta farzi ayn bo‘lgan ibodatlar qolib ketmaslik sharti bilan. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 17:08 | Savol-javoblar | 178 | Ruhiy tarbiya