Hayot bilan o‘limning orasi

Assalomu alaykum!Muhtaram shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari. Sizga quyidagi savolimiz bor edi:Ma’lumki, ulug‘ shoir Maxtumquli «Bo‘lmas» radifli she’rida shunday yozgan:Mag‘rur o‘lib yurma umring gulina,Sovrilarsan bir kun xazon elina.Yuz yil yashab tushsang ajal qo‘lina,O‘ngingdan so‘lingga boqqancha bo‘lmas.(Maxtumquli-Firog‘iy. Saylanma. T.: O‘zbekiston, 2008, 92-bet. Tarjimonlar: A.Jumaev, J.Zulpiev).Bizning qo‘shiqchilarimiz esa ushbu to‘rtlikni shunday ko‘rinishda aytishadi:Mag‘rur bo‘lib kezma umring guliga,Duch kelursan bir kun xazon eliga.Yuz yil yashab tushsang ajal qo‘liga,Chapingdan o‘ngingga boqqancha bo‘lmas.Menimcha, Maxtumquli quyidagi hadisga ishora qilgan(talmeh san’ati):«Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi vasallam sahobalarning birlaridan so‘radilar:-Bu dunyoda insonning hayoti bilan o‘limi orasini qanday tasavvur qilasan?Sahoba shunday javob berdi:-Hayot bilan o‘limning orasini, ikki namoz o‘rtasidagi vaqtgacha, deb bilaman yo Rasululloh.Shunda, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam, har nafasda haq bo‘lgan o‘lim haqida bunchalik kengchilik qilish, beparvo bo‘lish yaxshi emasligini uqtirdilar va bunday dedilar:-Men esa, inson hayoti bilan o‘limi orasini kishi o‘z ibodatidagi, o‘ng tarafidan chap tarafiga salom berganchalik vaqt oralig‘ichadir, deb tasavvur qilaman».Mazkur xatolik haqida maqola yozmoqchi edim. Yuqoridagi hadisning asl matni va manbalarini aniq bilmayman. Shu masalada yordam berishingizni so‘rayman. Oldindan tashakkur. Olloh Sizdan rozi bo‘lsin.Hurmat bilan Husan Karvonli.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Men maqola yozmoqchi bo‘lganlarga dalil topib berish darajasiga etganim yo‘q.

27 May 2022, 03:21 | Savol-javoblar | 127 | Adabiyot
|
Boshqa savol-javoblar