Masjidda telefonni zaryadlash
Assalomu alaykum! Men Is’haqjon domlani maruzalarida telefonni masjidda zaryadkaga qo‘ysang haqqini to‘lab ketgin mavzusida maruza eshitdim ba’zigi bir donolar o‘zlaricha bir ulamoni gapiga kirmay o‘zlarini gaplarida qat’iy turib olgan nima emish domla xato gapirganmish domla maruzada masjidni haqqidan o‘zini manfaati uchun qilgan haqqini to‘lab ketsin degan edi ba’zigi bir donolar demak tahorat qilsak ham haqqini to‘lab ketamiz ekanda deyishdi yana birlari demak namoz o‘qisak ham haqqini to‘laymizmi endi deb domlani gapini xato sanashdi keyin menga dalil topib kel dedi shunda men o‘zlarizda dalil bormi desam sahobalar masjidlarda uxlagan masjidlarda ovqatlanishgan deb aytishdi men ular o‘zlari shuni qilishgan yani o‘zlari ovqat tayyorlab eyishgan bu shariatda mumkin desam “Sen bizga Qur’ondan yoki hadisdan yoki ijmodan yoki qiyosdan aniq dalil ko‘rsat keyin domlani aytganini qilamiz” deyishdi men ularga 1 haftalar ichida Zikr ahlidan so‘rang hayatidan so‘rab anig‘ini bilib beraman dedim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Masjid va undagi barcha ashyolar namoz, tilovat, zikr va boshqa ibodatlar uchun Alloh yo‘lida vaqfdir. Vaqf mulkini belgilangandan boshqa maqsadda ishlatish joiz emas. Vallohu a’lam!
11 Sentabr 2023, 12:26 | Savol-javoblar | 0 | Namoz