Ziyofat berish sadaqa o‘rnida o‘tadimi
Assalomu alaykum! Bir do‘stim bor, yigitlarni yig‘ib ziyofat qilib bersang bu sadaqa o‘rnida o‘tadi va ishlaring yurishib ketadi deydi yoki oramizda kimningdir ishi yurishsa bergan ziyofatini natijasi bu deb fikr qiladi. Men esa ishimiz rivoji ziyofatga emas, Allohning izniga bog‘liq deyman. Aytingchi, shu fikrda jon bormi? Kimnidir majburlab yoki qistovlar asosida ziyofatga ko‘ndirish va bu ziyofatdan sadaqa sifatida savob umid qilish mantiqsizlik emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Taomga haqiqatda muhtoj bo‘lgan faqir-miskinlarga va beva-bechoralarga ziyofat qilib berib Allohdan savob va ishlariga baraka umid qilishi to‘g‘riroqdir. Vallohu a’lam!
30 Oktabr 2022, 12:34 | Savol-javoblar | 257 | Turli savollar