Qurbonlik qilishim to‘g‘rimi?
Assalomu aleykum! Hurmatli ustozlar, avvalari halol-harom nima yaxshi tushinib etmas edim. Alhamdullilah Alloh hidoyat berib shu sayt orqali ancha narsalarni o‘rgandim. 1). Avval menda tanishlarimini pullari qolib ketgan. Ya’ni ularni pullarini o‘zlariga bildirmasdan olganman. Endi qilgan ishlarimga qattiq tavba qilyapman doim vijdonim qiynalib kelyapti. Ularga pullarini oborib qo‘llariga berishga uyalaman, orada nizo chiqishi va xafagarchiliklar bo‘lishi mumkin. Shuning uchun men olgan pullarimni ularga o‘zimni tanitmastan etqazsam bo‘ladimi? Ya’ni telfonlariga paynet qilib qo‘yibmi, shunga o‘xshash yo‘llar bilan.
2). Insha Alloh qurbon hayitiga ham oz qoldi. Alloh qodir qilsa qurbonlik qilmoqchiman. Ularning haqqlari menda bor bo‘la turib qurbonlik qilsam bo‘ladimi yoki haqqlarni ado etaymi? Yoki qurbonlik qilib bo‘lganimdan keyin oz-ozdan qilib ado qilsam bo‘ladimi? Baribir hammasini birdaniga yopishni iloji yo‘q.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Paynetdan to‘lash qulay emas. Lekin boshqa qanday yo‘llar bilan bo‘lsa ham etkazing. 2). Qarzlaringizni ado qiling. Mabodo qarzlaringizdan ortgani nisobga etsa, zimmangizga qurbonlik vojib bo‘ladi. Qurbonlik vojib bo‘lishida o‘lik mollar ham hisobga olinib, nisobga etsa bo‘ldi. Bir yil aylangan bo‘lishi ham shart emas. Shu o‘rinlardan zakotning nisobidan farq qiladi. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 02:30 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar