"Og‘ir" uy

Assalomu alaykum! Bir tanishim so‘rayapti, uyim «og‘ir», kelganlar uyimda o‘zlarini sal yomon his qilayotganlarini aytishadi. Bunday holatda mulla kishini chaqirib Qur’on o‘qitish orqali buni ketkizishga urinish joizmi? Rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Uyda namoz, tilovati Qur’on va azon aytib turish kerak. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا تَجْعَلُوا بُيُوتَكُمْ قُبُورًا، وَلَا تَجْعَلُوا قَبْرِي عِيدًا، وَصَلُّوا عَلَيَّ، فَإِنَّ صَلَاتَكُمْ تَبْلُغُنِي حَيْثُ كُنْتُمْ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالضِّيَاءُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Uylaringizni qabr qilib qo‘ymang. Mening qabrimni iydgoh qilib olmang. Menga salovot ayting. Chunki sizning salovotingiz qaerda bo‘lsangiz ham menga etadi», dedilar». Abu Dovud va Ziyo  rivoyat qilganlar. وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا تَجْعَلُوا بُيُوتَكُمْ مَقَابِرَ، وَإِنَّ الْبَيْتَ الَّذِي تُقْرَأُ فِيهِ الْبَقَرَةُ لَا يَدْخُلُهُ الشَّيْطَانُ. رَوَاهُمَا التِّرْمِذِيُّ Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Uylaringizni qabrga aylantirmanglar. Albatta, «Baqara» surasi o‘qiladigan uyga shayton kirmaydi», dedilar». Ikkisini Termiziy rivoyat qilganlar. (“Hads va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 22:07 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar