Qabr azobi haqida

Bismillahir rohmanir rohim. Alhamdullihi robbil alamiyn. Allohumma solli ala Muhammadin, abdika va rosulika va alal mu’mimiyna val mu’minati val muslimiyna val muslimati.Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh. Shayx hazratlari (muhtaram ustoz) men Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): “Albatta qabr jannat bog‘laridan bir bog‘dir yoki do‘zax chuqurlaridan bir chuqurdir” degan gaplariga 100% ishonaman. Lekin qabr haqida har xil gaplarni eshitamiz. Misol uchun:Salaflardan birining singlisi vafot etib, uni lahadga qo‘ydi. Shunda pul solingan hamyoni mayyitning qabriga tushib qoldi va buni hech kim sezmadi. U qabrdan ketgach, hamyonini esladi va iziga qaytdi. Odamlar tarqab ketganlaridan keyin qabrni kavladi. Bir payt qarasa, unda olov alangalanib turibdi, darhol qaytadan ko‘mib ortiga qaytdi.Muhammad ibn Yusuf Faryobiy hikoya qiladilar: «Bir necha ashoblarim bilan Abu Sinonni (Alloh rahmat qilsin) ziyorat qilgani bordik. U zotning huzurlariga kirib o‘tirganimizdan keyin: «Qo‘shnimizning akasi qazo qilgan. Yuringlar, unikiga ta’ziyaga chiqamiz», dedilar. Hammamiz turib, azadornikiga bordik. U akasining o‘limidan juda betoqat bo‘lib yig‘lar edi. Biz unga ta’ziya bildirib, tasalli berdik. U ta’ziyaga ham, tasalliga ham quloq solmas edi. Unga: «O‘lim hammaning boshida borligini bilmaysanmi?» degan edik, «Bilaman, biroq akam tunu kun azoblanayotgani meni qon yig‘latmoqda», dedi. «Alloh senga g‘aybni bildirdimi?» deb so‘ragan edik. «Yo‘q, lekin akamning yuziga tuproq tortib dafn qilgandan va odamlar tarqab ketgandan so‘ng qabri yoniga cho‘kdim. Shu payt qabridan: «Oh, meni o‘z holimga qo‘yinglar, meni azoblamanglar. Men namoz o‘qirdim, ro‘za tutardim», degan ovoz eshitildi. Bu gapdan men yig‘lab yubordim va ahvolini ko‘rish uchun qabrini kavladim. Lahadda olov alangalanib turar va uning bo‘ynida olov bo‘yinbog‘ bor edi. Ukalik mehrim qo‘zib, bo‘yinbog‘ni olish maqsadida qo‘limni uzatdim. Barmoqlarim va qo‘llarim kuyib qoldi», dedi-da, qo‘llarini chiqarib ko‘rsatdi. U kuyib qop-qora bo‘lib ketgan edi.Shu va shunga o‘xshash gaplar ishonchlimi? Chunki odam qabrda nima bo‘layotganini ko‘rishga ojizku?! Iltimos shu masalaga oydinlik kiritsangiz.Alloh ota-onangizdan va sizdan rozi bo‘lsin! Qalbingizdagi jamiki yaxshi niyatlaringizni Alloh mustajab qilsin! Amin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Hadisda aytilgan narsaning ikkinchi turiga misol ekanda.

27 May 2022, 03:23 | Savol-javoblar | 210 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar