Karomat haqida

Hurmatli Shayh hazratlari, atrofimizda bir vaqtlar kup tarqalgan guruh vakillarining Karomatlar hususida bir gaplari haligacha bizni ikkilantirib kelmoqda. Ularning aytishicha "Avliyolardagi Ollohing kursatgan karomatlari paygambarimiz Muhammad :saw va u kishing sahobalari davrigacha bulganiga karomat sifatida ishonamiz. U davrdan keyingisini karomatmi, sehrmi yoki kuzbuyamachilikmmi ekanligini aniqlab beruvchi paygambar yoki uning tarbiyalagan sahobalari bulmagani uchun ularga ishona olmaymiz, chunki uzini Avliyo qilib kursatib lekin kunglida sehr bulishi ham mumkinku"-degandilar. Sizning Raddiyangiz orqali ularning kimligini bilib oldik, sizdan iltimos ushbu masalada ham bizga muammoga oydinlik kiritib bersangiz. Kitobchani uqiganimizga ancha vaqt buldi va hozirda uni topish imkonini qila olmadik, agar usha kitobchada ushbu muammoni echimi bergan bulsangiz qayta savolimiz uchun sizdan uzr suraymiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- VALIYLAR VA KAROMATLAR«Valiy» so‘zi arabcha bo‘lib «yaqin» do‘st ma’nosini anglatadi. Alloh taolo Qur’oni karimda O‘zining ma’lum bir bandalarga valiy ekanligini, ba’zi bir bandalar U zotning avliyolari ekanini aytib o‘tgan. Alloh taolo «A’rof» surasida:«Albatta, mening valiyim Kitobni nozil qil-gan Allohdir. U solihlarni valiy - do‘st tutadir», degan (196-oyat).Alloh taolo «Yunus» surasida:«Ogoh bo‘lingkim, Allohning valiylariga xavf yo‘qdir va ular xafa ham bo‘lmaslar», degan (62-oyat).Allohning valiy-do‘stlariga ham bu dunyoda, ham oxiratda hech qanday xavf yo‘qdir. Ular ikki dunyoda ham to‘liq omonlikdadirlar. Ular bu dunyoda Allohga valiy-do‘st bo‘lganlari uchun, U zotning ko‘rsatmalari bo‘yicha halol pok, to‘g‘ri yashaganlari uchun ularga hech narsa xavf-xatar solmaydi. Ularning sog‘ligiga, molu-mulkiga, obro‘-e’tiboriga, oilasiga, jonlariga, umuman, hech narsalariga hech qanday xavf yo‘q.Shuningdek, oxiratda ham ularga do‘zaxning, undagi azob–uqubatlarning hech qanday xavfi yo‘q.Allohning valiy-do‘stlari bu dunyo va oxiratda hech xafa ham bo‘lmaslar. Ular doimo xursand bo‘lurlar. Ana o‘sha baxtiyor shaxslar, Allohning valiysi-do‘sti bo‘lish sharafiga muyassar bo‘lganlar, ikki dunyoda xavfdan xoli bo‘lganlar, ikki dunyoda xafa bo‘lmaydiganlar kimlardir?«Ular iymon keltirganlar va taqvo qilganlardir».Demak, Allohning do‘sti bo‘lish juda ham oson ekan. Buning uchun avvalo, U zotga iymon keltirish; ikkinchidan esa, taqvodor bo‘lish, ya’ni, Alloh-ning aytganini qilib, qaytarganidan qaytib yashash lozim ekan. Kimning iymonida zarracha xato bo‘lsa yoki Allohning ko‘rsatmalari asosida emas, o‘zga-ning yo‘lida hayot kechirsa yoxud o‘z-o‘ziga yo‘llanma tuzib olsa, u odam Allohga do‘st bo‘lish baxtidan mahrumdir. Allohga do‘st bo‘lganlarga esa:«Ularga hayoti dunyoda ham, oxiratda ham xush-xabar bor. Allohning so‘zlarini o‘zgartirish yo‘q. Ana o‘sha ulug‘ yutuqdir» («Yunus» surasi, 64 oyat).Allohning valiylari - do‘stlariga ikki dunyo saodatining xushxabari bor. Ular iymonlari va taqvolari tufayli, Allohning inoyati ila, avvalo, bu dunyoda saodatli hayot kechiradilar. Oxiratda esa xuddi shu iymonlari va taqvolari sababli jannatga doxil bo‘ladilar.Mazkur xushxabar Allohning so‘zlaridir.«Allohning so‘zlarini o‘zgartirish yo‘q. Ana o‘sha ulug‘ yutuqdir».Qur’oni karim ta’rifi bo‘yicha valiy, uning sifatlari va darajasi shundan iborat.Ahli tasavvuf esa valiyni turlicha ta’rif qil-ganlar. Agar e’tibor beriladigan bo‘lsa o‘sha ta’-riflar valiyning taqvo va ibodatning, yaxshi xulq va oliymaqom islomiy sifatlarning sohibi o‘la-roq Alloh taologa qurbat hosil qilgan banda ekan-ligi xususidadir.Ammo valiy ma’nosidagi tushunchalarda haddan oshish ham bo‘lgan. Shiy’a mazhabidagilar valiy alohida bir martaba bo‘lib, u faqatgina hazrati Ali roziyallohu anhuga berilganligini oldinga surishgan.Ba’zi tarixchilarning ta’kidlashlaricha, valiy haqidagi tushunchani birinchi bo‘lib tasavvufga kiritgan va bu haqida alohida kitob yozgan shaxs Hakim Termiziydir.Valiylar haqidagi fikrlar asta-sekin haddidan oshib borib, e’tiqodga mutlaqo zid bo‘ladigan gaplarni ham aytishgacha etganlar. Masalan, Muhyiddin ibn Arabiy va ba’zi unga o‘xshaganlar, xotamul avliyo anbiyolardan afzal bo‘ladi, deyishgacha etganlar.Doktor Soih Ali Husayn o‘zining «Lamahotun minat tasavvufi va tarixihi» nomli kitobida:«Ibn Atoulloh al - Iskandariyning, shayximiz Abul Abbos roziyallohu anhuning, agar valiyning haqiqati kashf qilinsa, unga ibodat qilinardi. Chunki uning sifatlari va belgilari U zotning sifatlaridandir», degan gaplarini nutq qilish mening tilimga qanchalar og‘irligini bilsangiz edi», deydi.Ammo o‘zini bilgan sufiylar valiyni Qur’oni karim va Sunnati mutohhara ma’nolaridan kelib chiqib ta’rif qilganlar.Bu haqda Ibn Hajar rahmatullohi alayh:«Valiy Alloh taoloni biluvchi, uning toatida bardavom bo‘luvchi va U zotga ixlos ila ibodat qi-luvchidir», deydi.Zamonlar o‘tishi bilan valiylar xususida turli qarashlar vujudga kelgach va ixtiloflar kuchaygach ulamolarimiz valiylar va ularning karomatlari haqidagi masalani aqoid kitoblarimizga kiritishga majbur bo‘lganlar. Quyida «Sharhi talxiysi aqoidi Tahoviya» kitobidan ushbu masalaga bag‘ishlangan joyini boricha taqdim qilamiz:VALIY HECh QAChON NABIY MARTABASIGA ETA OLMAYDI «Avliyolardan birortasini anbiyolarning birortasidan afzal ko‘rmaymiz. Bitta nabiy hamma valiydan afzaldir, deymiz». Sharh: Ya’ni, avliyolardan birortasi, kim bo‘lishidan qat’iy nazar, Anbiyo alayhissalomlarning birortasidan afzal bo‘la olmaydi, deb e’tiqod qilamiz. Agar hamma avliyolar bitta nabiy bilan solishtirilsa, nabiy ulardan ustun chiqadi va martabasi yuqori bo‘ladi, deymiz. Muallif «Ittihod» mazhabidagilarga (Banda ko‘p ibodati ila Allohga birlashib ketadi, deb e’tiqod qiluvchilarga) raddiyaga ishora qilmoqda. Shuningdek sufiylarning johillariga ham. Chunki ular ba’zi avliyolar anbiyolardan afzal, deydilar. Ammo haqiqiy, istiqomatdagi sufiylar, vahiy va shariatga amal qilishga buyuradilar. Alloh taolo xaloyiqning hammasini, jumladan, avliyolarni ham payg‘ambarlarga ergashishga amr qilgan. Alloh taolo: «Biz qaysi bir Rasulni yuborsak, albatta, Al-lohning izni ila unga itoat qilinishi uchun yubor-ganmiz», («Niso» surasi, 64) deydi. Boshqa bir oyatda esa: «Sen: «Agar Allohga muhabbat qiladigan bo‘l-sangiz, menga ergashing. Alloh sizga muhabbat qi-ladi, gunohlaringizni mag‘firat qiladi. Alloh o‘ta mag‘firatli va o‘ta rahmli zotdir», deb aytgin», («Oli Imron» surasi, 31) degan. Bas, kim kufrni botin tutib, Islomni zohir qilsa (ya’ni, ichida valiyni nabiydan afzal ko‘rib, tilida nabiy valiydan afzal desa) yoki o‘zining kufr aqidasini Islom hijobi ila berkitsa, u zindiyqdir, tavbasi qabul bo‘lmas. Agar o‘z ixtiyori ila, qo‘lga tushmasdan oldin tavba qilsagina, tavbasi qabul. AVLIYoLARNING KAROMATLARI «Ularning karomatlariga va ishonchli kishilardan to‘g‘ri qilingan rivoyatlariga ishonamiz». Sharh: Ularning ikromi uchun sodir bo‘lgan ka-romatlarini tasdiqlaymiz. Ammo Dajjol va unga o‘xshaganlarga sinov uchun berilgan odatdan tashqari ishlarini tasdiq qilmaymiz. Shuningdek, ulardan adolatli, ishonchli yo‘llar bilan sobit bo‘lgan rivoyatlarni tasdiqlaymiz. Har bir johil va yolg‘onchi qilgan rivoyatni yoki ularga nisbat berilgan Rasul va Nabiy sha’niga noloyiq narsalarni emas. Payg‘ambardan odatdan tashqari ish sodir bo‘lsa va odamlar shunga o‘xshash narsani qilishdan ojiz qolsalar, mo‘’jiza bo‘ladi. Payg‘ambardan boshqa, ahli taqvo va solih odamdan odatdan tashqari ish sodir bo‘lsa, karomat bo‘-ladi. Noto‘g‘ri yo‘lda yurgan odamdan shunday ish so-dir bo‘lsa, sehr yoki sinov bo‘ladi.

27 May 2022, 03:26 | Savol-javoblar | 174 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar