La’nat kilish
Assalomu alaykum, Muxtaram Shayx Xazratlari. Avvalgi savolimga javob berganingiz uchun ming bora tashakkur. Yana bir muxim savol bilan murojaat kilmokchidim.1) Agar er aeli va farzandlarini nafaka bilan ta’minlamasa, ular oldidagi vazifalarini bajarmasa, 2ta oilasi urtasida adolat kilmasa, bu aeli farzandlari va uzini bokish uchun ishlashga majbur bulsa, eridan biron nima talab kilmasa, bunday erning xotinini la’natlashi utadimi?2) Er xotinini mensimay, ma’naviy ezib, xar doim "kerakmassan, mendan mexr kutma, xoxlasam boraman, bulmasa yuk, bilganingni kil, meni tinch kuy" kabi gaplarni gapirsa, oylab xatto telefon orkali xabar olmasayu, ael 1 marta u kishidan beruxsat ishxonasidagilari bilan biron joyga borishlik sababli xotinini la’natlashi tugrimi? Er shu sababli na farzandlari, na guvoxlarning gapiga karamay ajrashaman deyishi, uzining boshka aelga uylangani oddiy xol va xamma tushunishini, oilasi va farzandlaridan xabar olmasligi xam oddiy xol ekanligi, aelning bollarini bokaman deb ishlashga majbur bulishiga oddiy xol deb karashligi, aelining shu beruxsat borganligini butunlay teskariga olib, aysh-ishratda va boshka gunoxlarda ayblab, tinimsiz la’natlashi va u rozi bulmagunicha bu la’nat kaytmasligini da’vo kilib, aelining u dune-bu dune azobda koldirishni xoxlagani tugrimi? Man nima kilay endi? Allox oldida kanday kilib javob beraman? ukigan namozlarim, tutgan ruzalarim, kilgan ibodatlarim xammasi bekor buladimi endi? Xazrat, azobda koldim, u kishidan ajrashishdan emas, u duneda javob berishni uylab daxshatdaman, iltimos, biron yulini kursating bir ojizaga.Ming bor uzr bergan savollarimga.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizning yozganingizga binoan siz haq, er nohaq. Siz ibodatni yana ham ixlos bilan qilib, Allohning O‘zidan yordam so‘rang. Alloh o‘sha kishiga ham insof bersin!
27 May 2022, 03:46 | Savol-javoblar | 143 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizning yozganingizga binoan siz haq, er nohaq. Siz ibodatni yana ham ixlos bilan qilib, Allohning O‘zidan yordam so‘rang. Alloh o‘sha kishiga ham insof bersin!
27 May 2022, 03:46 | Savol-javoblar | 143 | Oila va turmush