Tahorat buzilmaydimi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, yaqinda tizzam shilingan edi va e’tiborsizligimdan bir oz yara rivojlanib ketdi. Har namoz o‘qiganimda suv chiqyapti. Shu holatda tahorat va namoz buzilmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tahoratni qiling, qaysi holatda namoz o‘qisangiz suv chiqmasa o‘sha holada namoz o‘qing. Bir oyoqni umuman bukmaslik kerak bo‘lsa, sajdada ham bukmang, qa’dada ham bukmang. وَيَجِبُ أَنْ يُصَلِّيَ جَالِسًا بِإِيمَاءٍ إنْ سَالَ بِالْمَيَلَانِ لِأَنَّ تَرْكَ السُّجُودِ أَهْوَنُ من الصَّلَاةِ مع الْحَدَثِ Agar tik turib, o‘tirib harakat qilsa jarohatidan qon yoki yiring yoki najosat chiqadigan bo‘lsa, o‘tirib ishora bilan namoz o‘qishi vojib bo‘ladi. Chunki sajdani tark qilib ishora bilan namoz o‘qish, betahorat namoz o‘qigandan engilroqdir. وَمَتَى قَدَرَ الْمَعْذُورُ على رَدِّ السَّيَلَانِ بِرِبَاطٍ أو حَشْوٍ أو كان لو جَلَسَ لَا يَسِيلُ وَلَوْ قام سَالَ وَجَبَ رَدُّهُ وَخَرَجَ بِرَدِّهِ عن أَنْ يَكُونَ صَاحِبَ عُذْرٍ Doimiy el chiqadigan yoki siydik tomchilab turadigan, yoki qon oqib turadigan biror narsani bog‘lab olgani teshigiga paxta kabi narsani tiqib olgani (yoki shularga o‘xshash biror yo‘l bilan) ularni to‘xtata olsa, to‘xtatishi vojib bo‘ladi va to‘xtashi bilan sohibi uzrlikdan chiqadi. (Bahrurroiq). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:22 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar