Ovqatlanib uxlash

Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kim ovqatlanib bo‘lib qo‘lini og‘zini yuvmasdan uxlasa va o‘sha kishiga uyqudalik paytida zarar etsa, buni faqat o‘zidan ko‘rsin degan manodagi biron bir xadisni keltirganmilar? Agar bunday xadis bo‘lsa, zarar deganda jin tegishligini xam tushunsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim qo‘lida yog‘ning hidi, yuqi bo‘lgan holda uxlasa, keyin unga biror narsa tegsa (ya’ni biror kasallik etsa)(birovni emas) faqat o‘zini malomat qilsin!” deganlar. 
Abu Dovud, Termiziy rivoyat qilishgan.
“unga biror narsa tegsa”dan murod kasallik, aziyat etkazuvchi hayvon va jin bo‘lishi mumkinligi aytilgan.
Boshqa bir hadisi sharifda bu kasallik – vazah, ya’ni peslik ekanligi ochiq aytilgan. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 07:28 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar