Masjidga borish
Assalomu alaykum! Men 5 vaqt namoz o‘qishni bilmayman. Juma namoz vaqtiga masjidga boraman. Bilganim, Fotiha va Ixlos suralari bo‘lib faqat o‘shalarni o‘qiyman. Zora gunohlarimiz kechirilsa, ishlarimiz o‘ngidan kelsa deyman. Savolim shuki, ixlos qilib namozga borganimning savobi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo tavfiqda bardavom qilsin. Siz qilayotgan ish bilan juma namozi ado bo‘ladi, lekin shu o‘rinda niyatingizni to‘g‘rilab oling. Ibodatni xolis Allohning roziligini topish va Allohning bandasi bo‘lganingiz uchun qiling. Ishlar yurishish maqsadida ibodat qilish boshqa din vakillarining dunyoda obro‘li bo‘lishi va hurmat-e’tiborga sazovor bo‘lishi uchun yaxshi amal qilishiga o‘xshab qoladi. Albatta bu narsa ham beriladi, lekin oxiratdagi savobidan mahrum bo‘lib qolishadi. Alloh taoloning roziligi talab qilinsa, unga ham bunga ham erishiladi. Alloh roziligini talab qilganlarni rozi qilmasdan qo‘ymaydi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 11:13 | Savol-javoblar | 168 | Ibodatlar