Ayollarning ovozi ham avrat

Assalamu alaykum hazrat. Meni bir savolim bor edi. Bilamiz ayollarning ovozi ham avrat. Bir hil birodarlarda ko‘rdim, ayollarni ovozi avrat deb sms orqali yoki mailda yaxshi ko‘rgan qizi bilan gaplashadi. Meni savolim shariatimiz shunga qanday qaraydi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Avvalo ayolning ovozi oddiy holatda avrat emas. Keyin esa, yozishma ham gaplashganga barovar. Balki siz aytgan masalada undan ham badtar.

29 Aprel 2022, 02:41 | Savol-javoblar | 160 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar