Choshgoh vaqti
Assalomu alaykum! Choshgoh vaqtida solati Zuho o‘qilarkan. Shunday hadis bormi, choshgoh vaqti qachon bo‘ladi O‘zbekiston soati bilan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozirgi kunlarda ertalab 9-10larda. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ حَافَظَ عَلَى شُفْعَةِ الضُّحَى غُفِرَ لَهُ ذُنُوبُهُ وَإِنْ كَانَتْ مِثْلَ زَبَدِ الْبَحْرِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Kim choshgoh namozini bardavom o‘qisa, uning gunohlari dengiz ko‘pigicha bo‘lsa ham mag‘firat qilinadi», dedilar» Imom Termiziy rivoyat qilgan. Bu namozning vaqti quyosh bir nayza bo‘yi ko‘tarilganda kirib (ya’ni quyosh chiqqandan taqriban yarim soat keyin), zavolga bir soat qolguncha davom etadi. Bu «dahvatul kubro», ya’ni katta tong, deyiladi. Zuho namozi ikki rakatdan sakkiz rakatgacha o‘qiladi, eng afzali to‘rt rakatdan o‘qishdir. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘proq to‘rt rakatdan o‘qiganlar. Uning eng afzal vaqti nahorning to‘rtdan biri o‘tgandan keyindir. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 23:44 | Savol-javoblar | 216 | Ibodatlar