Saytdagi javoblar xakida
Bu savolni berishimga sabab,bazi bir kishilar saytda doim xam Shayxning uzlari javob bermaydilar,shogirdlari xam javob beraveradi,shuning uchun bazi javoblarda ixtilof bor deyishadi.Man ularga-unday emas,shayxning uzlari javob beradilar deb ishontirishga urinardim.Yakinda sizni Chechenistonda Ramzan Kodirovni mexmoni bulganingizni uzim kurdim(inaguratsiyada).Shu vaktlarda saytda sizdan javob kelaverdi.Meni uzim xam xayron koldim.Savolni javobi kim tomondam berilishi savol beruvchiga axamiyati bulsa kerak.Kimga savol bersa,usha odamdan javob olishni xoxlaydi,negaki aynan usha odamga ixlos kiladi.Savolim urinli deb uylaymam,uzr.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo “Hujurot” surasida marhamat qiladi:Ey, iymon keltirganlar! Ko‘p gumonlardan chetda bo‘linglar, chunki ba’zi gumonlar gunohdir. «Hujurot» surasining avvalidan buyon Alloh taolo shu erda O‘zining mo‘min bandalariga beshinchi marta«Ey, iymon keltirganlar!» deb murojaat qilmoqda va ular uchun juda muhim bo‘lgan yana bir qancha masalalarni bayon qilmoqda.Ushbu oyatda Alloh taolo mo‘min-musulmon bandalarini bir necha yomon sifatlardan, axloqiy kasalliklardan, halokatga eltuvchi dardlardan qaytarmoqda.Ulardan birinchisi:«Ko‘p gumonlardan chetda bo‘linglar, chunki ba’zi gumonlar gunohdir».Gunohga olib boruvchi illatlardan biri – badgumonlikdir. Badgumonlik kishilar haqida bo‘lar-bo‘lmasga yomon shubhalar qilish, ularga nisbatan tuhmat va hadik ma’nosida fikr yuritishdir. Odatda, bunday gumonlarning ko‘pi asossiz, behuda bo‘ladi. Shu boisdan ham: «...ko‘p gumonlardan chetda bo‘linglar», deyilyapti.O‘tgan ulamolardan az-Zajjoj rahmatullohi alayhi: «Badgumonlik – yaxshi kishilar haqida yomon gumon qilishlikdir. Ammo, ahli fisq bo‘lsa, undan nima fosiqlik zohir bo‘lgan esa, shuni gumon qilishga haqqimiz bor», deganlar. O‘ylab ko‘rilsa, o‘zaro nizolar va kelishmovchiliklar ko‘proq bir-biridan yomon gumonda bo‘lishdan ham kelib chiqadi. Yomon gumondan chetda bo‘lish uchun doimo kishilar haqida yaxshi gumonda bo‘lish, ular haqida etgan xabarlarni yaxshilikka yo‘yish kerak. Bu haqida hazrati Umar roziyallohu anhu: «Agar yaxshilikka burishning birorta yo‘li bo‘lsa ham, mo‘min birodaringdan chiqqan so‘z haqida faqat yaxshi gumon qil», degan ekanlar. Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom: «Zin-hor va zinhor badgumon bo‘lmanglar, chunki, badgumonlik so‘zning eng yolg‘onidir», deganlar. Boshqa bir hadisda esa: «Gar odamlarning aybini axtaradigan bo‘lsang, ularni buzasan», degan ekanlar. Xususan, ish boshida turgan rahbarlar bu narsada extiyot bo‘lishlari lozimligi imom Abu Dovud Abu Umomadan rivoyat qilgan hadisda yaqqol ko‘rinadi. Bu hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom: «Agar amir odamlardan ayb axtaraversa, ularni buzadi», deganlar. Ma’lumki, kimning o‘yiga badgumonlik o‘rnashsa, u odam o‘sha gumonini tasdiqlash uchun hujjat va dalil qidira boshlaydi. Natijada, gumon ostidagi odamning o‘ziga bildirmasdan, aybini axtarishga tushadi.Siz va siz aytgan odamlarni Alloh taolo o‘shanday badbaxtlardan bo‘lishdan O‘zi asrasin!Ammo o‘zlaringiz buni xohlab turibsizlar. Bo‘lmasa, buncha gapni gapirmagan bo‘lar edingiz.Menda “Netbuk” deb ataladigan kichik jihoz bor. O‘shanga bolalar savollarni yuboradi. Ham Moskvada, ham Chechenistonda javoblarni yozib turdim. Andijonda u jihoz ishlamas ekan. Javob bera olmadim. Mana hozir to‘rt kundan beri jamlanib qolgan savollarga kun bo‘yi javob yozmoqdaman. O‘sha savollar ichida sizlarga o‘xshash noinsoflar ham borligidan afsusdaman. Ammo sizlar ozsizlar. Chunki, doimo guruchning ichida kurmagi oz bo‘ladi. Ularni ajratib olib tashlab yuboriladi. Sizlar ham kurmaksizlar. Saytdan chiqib ketinglar!
27 May 2022, 03:50 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar