Qimordan to‘xtay olmaslik

Assalomu alaykum! Men 1xbet yangi sportiga pul tikaman. O‘zimni to‘xtatolmayapman. O‘yin xarom to‘g‘rimi? Qanaqaqip to‘xtataman? U o‘yinga 1 yarim million pul yutqazdim, nima qilay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida inson gunoh ishlarga haromxo‘rligidan qo‘l uradi. Chunki har bir narsani o‘z ta’siri bo‘lganidek harom taomning ta’siri shuki, u insonni gunohga boshlaydi. Gunoh ishlarga mashg‘ul bo‘lgan insonlarni kuzatsangiz topishi tutishida shubha bor. Yomon tomoni u gunohdan to‘xtay desa ham to‘xtolmaydi. Chunki egani kuch quvvat bo‘lganidek gunohga ham undovchi bo‘ladi. Shuning uchun to‘xtating, luqmangizni poklang, najosatni najosat bilan yuvaman demang. Bir oz qo‘pol so‘z ishlatgan bo‘lsak sizni foydangizga bo‘lsin degan maqsadda aytdik. Aslida haqiqat ham shu. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:41 | Savol-javoblar | 135 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar