Saharlikdan ko‘nglim notinch

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Sizni Alloh O‘z panohida saqlasin. Ustoz, men bugun saharlikka salgina kech qolib turdim va saharlik qildim. Og‘izni yopish vaqtidan 10 daqiqa kechroq yopdim. Lekin ko‘nglim nimagadir notinch. Endi mening ro‘zam qabul bo‘larmikan?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Og‘iz yopish vaqtidan bir daqiqa kech qolsa ham ro‘za bo‘lmaydi.

26 May 2022, 19:35 | Savol-javoblar | 139 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar