Zakot to‘g‘risida

Assalomu alaykum! 1). Men musofir yurtda ishlayman, zakotni onam orqali o‘z akalarimga bersam bo‘ladimi?
2). Zakotni oldindan bersa bo‘ladimi? Ya’ni 3-4 yillik zakotni oldindan bersa bo‘ladimi?
3). Uyda ishlatilmay saqlanib turgan aylanmay turgan puldan zakot beriladimi? Javoblaringiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Zakot olishga haqli kishilardan bo‘lsa joiz. 2). Bo‘ladi. Mabodo keyingi yillarda pul ko‘paysa ko‘paygan qismining o‘zidan ham zakot chiqariladi. 3). Beriladi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 02:52 | Savol-javoblar | 144 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar