Xudoni anglash
Assalomu alaykum! Savolim shundan iboratki butun dunyomizni yartgan parvardigorimiz ham O‘zi qanday yaralgan? Aslida qanday tuzilishga ega? Ba’zilar nurga o‘xshash deyishadi, lekin shu nur ham nimadandur yaralganku. Iltimos tushuntirib bersangizlar. Savolim noo‘rin bo‘lsa uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: يَأْتِي الشَّيْطَانُ أَحَدَكُمْ فَيَقُولُ: مَنْ خَلَقَ كَذَا؟ مَنْ خَلَقَ كَذَا؟ حَتَّى يَقُولَ مَنْ خَلَقَ رَبَّكَ؟ فَإِذَا بَلَغَ ذَلِكَ فَلْيَسْتَعِذْ بِاللهِ وَلْيَنْتَهِ. رَوَاهُ الثَلَاثَةُAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Shayton biringizga kelib: «Buni kim yaratdi? Uni kim yaratdi?» deydi. Hatto: «Robbingni kim yaratdi?» ham deydi. Qachon shunga etganda, u Allohdan panoh so‘rasin va bas qilsin», dedilar».Uchovlari rivoyat qilishgan.Sharh: Ushbu hadisi sharifning roviylari Abu Hurayra roziyallohu anhu bilan avval tanishganmiz. Muallif rahmatullohi alayhi bu hadisi sharifni mo‘min kishiga vasvasa zarar qilmasligi haqidagi bobning boshida aytilgan gapni tasdiqlash uchun keltirmoqda. Ushbu hadisi sharifda inson xayolidan kechadigan ba’zi vasvasalar shaytondan ekanligi bayon qilinmoqda. Shu bilan birga, o‘sha shayton vasvasasini qaytarish yo‘li ham ko‘rsatilmoqda. Shayton Odam Ato bilan o‘zi orasida bo‘lib o‘tgan mashhur mojarodan buyon odam bolasiga dushmandir. U Qiyomat kunigacha odamzodni vasvasa qilishga qasam ichgan. Shuning uchun ham, inson hargiz bu la’natlangan dushmanini unutmasligi kerak. Gohida xayoliga kelib qoladigan vasvasali fikrlar, «uni kim yaratgan, buni kim yaratgan» kabi savollar bora-bora «Robbingni kim yaratgan?» kabi telba fikrga olib kelishi ham turgan gap. Shuning uchun mazkur holat yuzaga kelganda darhol: «A’uzu billahi minashshaytonir rojiym», deb Allohdan panoh so‘rasin, mazkur xayollarni miyasidan quvsin! Shu bilan ish tugaydi. Hech narsa ko‘rmagandek bo‘lib ketadi. Aks holda oqibati chatoq bo‘lishi mumkin. Ushbu hadisdan olinadigan foydalar: 1. Shayton vasvasasining haqligi. 2. «Uni kim yaratdi, buni kim yaratdi?» deb borib, «Robbingni kim yaratdi?» deyishgacha borib qolish ham mumkinligi. 3. Bunday holatlarda Allohdan panoh so‘rash lozimligi. 4. Bunday savollarni darhol to‘xtatish lozimligi. Sirtdan sodda ko‘ringani bilan bu hadisda zikr qilingan masala o‘ta muhimdir. Vasvasa kishilar uchun eng nozik va eng xatarli narsa, u aqiyda bobida zarar etkazadi. U tufayli inson dindan chiqib, kofir bo‘lishi hech gap emas. Ushbu hadisda ana shunday katta muammoni hal etish yo‘li taqdim etilmoqda. Hozirgi kunda musulmon olamida ham, undan tashqarida ham vasvasa xastaligiga uchraganlar kun sayin ko‘payib ketayotgani hech kimga sir emas. Ruhiy va asabiy kasallar soni tinimsiz o‘sib bormoqda. Bu esa ushbu hadisi sharif va keyingi keladigan hadislarning hikmatiga insoniyat qanchalik muhtoj ekanligini ko‘rsatadi.وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: يَأْتِي الشَّيْطَانُ أَحَدَكُمْ فَيَقُولُ: مَنْ خَلَقَ السَّمَاءَ؟ مَنْ خَلَقَ الْأَرْضَ؟ فَيَقُولُ اللهُ، فَمَنْ وَجَدَ مِنْ ذَلِكَ شَيْئًا فَلْيَقُلْ آمَنْتُ بِاللهِ وَرُسُلِهِYana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Shayton biringizga kelib: «Osmonni kim yaratgan? Erni kim yaratgan?» deydi. U: «Alloh», deydi. Kim shunga o‘xshash narsani sezsa, darhol «Amantu billahi va Rusulihi» (Allohga va Uning Rasullariga iymon keltirdim), desin», dedilar».Sharh: Bu hadisi sharif ham hazrati Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan va o‘tgan hadisni tafsir qilib kelmoqda. Vasvasaning avvalgi bosqichidayoq Allohga va U Zotning payg‘ambarlariga bo‘lgan iymonni e’lon qilib, shaytonni quvish haqida maslahat berilmoqda.عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: قَالَ اللهُ عَزَّ وَجَلَّ -إِنَّ أُمَّتَكَ لَا يَزَالُونَ يَقُولُونَ مَا كَذَا؟ مَا كَذَا؟ حَتَّى يَقُولُوا هَذَا اللهُ خَلَقَ الْخَلْقَ فَمَنْ خَلَقَ اللهَ؟- رَوَاهُمَا الشَّيْخَانِAnas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Alloh azza va jalla: «Albatta, ummating: «Bu nima, bu nima?» deyishda davom eta borib, hatto «Alloh xaloyiqni xalq qildi, bas, Allohni kim xalq qildi?» ham deydilar», der», dedilar». Ikki hadisni ikki Shayx rivoyat qilishgan.Sharh: Bu hadisi sharifga o‘xshash hadislar hadisi qudsiy deb nomlanadi. Oddiy hadislarning ma’nosi Alloh taolodan, lafzi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan bo‘ladi. Hadisi qudsiyda esa ma’no ham, lafz ham Allohdan bo‘lib, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uni ko‘chirma gap tarzida etkazadilar. Bu hadisi sharifda ham vasvasa borligi isbot qilinmoqda.عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سُئِلَ رَسُولُ اللهِ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم، عَنِ الْوَسْوَسَةِ قَالَ: تِلْكَ مَحْضُ الْإِيمَانِ. رَوَاهُ مُسْلِمٌAbdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga vasvasa haqida savol berildi. «U ayni iymondir», dedilar». Muslim rivoyat qilgan.Sharh: Ushbu hadisi sharifning roviysi sifatida zikr qilingan Abdullohdan murod Abdulloh ibn Mas’uddir. Quyida u kishining hayotlari bilan qisqacha tanishib o‘tamiz: Abdulloh ibn Mas’ud ibn G‘ofil al-Xuzamiy, kunyalari Abu Abdurahmon. Bu kishi Islomga oltinchi bo‘lib kirgan bo‘lib, ikki hijrat – Habashiston va Madina hijratlari sohibidirlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga xizmat qilgan safdoshlardan, jannatga kirishi bashorat qilingan o‘nta sahobaning biridirlar. Badr urushida Abu Jahlni qatl etganlar. Uhud, Xandaq, Rizvon bay’ati, Yarmuk ma’rakasi va bundan boshqa hamma janglarda ishtirok etganlar. Makkada birinchi bo‘lib Qur’oni Karimni baland ovoz bilan o‘qigan, Qur’oni Karimni yod olganlardan biri, taqvodor, chiroyli xulqli, faqih sahobalardan. Bu zot hammasi bo‘lib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan 848ta hadis rivoyat qiladilar. U zotdan Abdulloh ibn Umar, Abdulloh ibn Abbos, Abu Muso Ash’ariy, Imron ibn Husoyn, Abu Hurayra, Ibn Zubayr, Jobir, Anas, Abu Sa’iyd, Abu Rofi’ va boshqalar rivoyat qilishgan. Tobe’iynlardan Alqama, Abu Voil, Asvad, Masruq, Ubayda, Ibn Hozim, Qays va boshqalar rivoyat qilishgan. U zot to‘plagan hadislardan uchta «Sahih» sohiblari o‘z kitoblariga kiritishgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilar: «Qur’oni Karimni to‘rt kishidan olinglar». Shularning biri Abdulloh ibn Mas’uddir. Ibn Mas’ud bo‘ylari qisqa, a’zolari nozik kishi edilar. Bir kuni sahobalar u kishining a’zolari nozikligini mazax qilishganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga qasamki, Ibn Mas’udning a’zolari qiyomat kunining tarozusida Uhud tog‘idan ham og‘irroqdir», deb marhamat qilganlar. U kishi xushbo‘y narsalarni yaxshi ko‘rib, ko‘p iste’mol qilar edilar. Ko‘chadan o‘tsalar, qo‘shnilari bu erdan Ibn Mas’ud yurganini bilar edi. Ibn Mas’ud kasal bo‘lib yotganlarida xalifa Usmon ibn Affon roziyallohu anhu ziyoratlariga kelib, u kishidan «Nimadan shikoyating bor?» deb so‘raganlarida «Gunohlarimdan», deb javob berdilar. Xalifa: «Nima xohlaysan?» deb so‘radilar. Shunda u kishi «Robbimning rahmatini» dedilar. Xalifa «Tabib buyuraymi?» deganlarida «Meni tabibning O‘zi kasal qildi», dedilar. «Unda hojatingga kerakli biror narsa buyuraymi?» deganlarida «U narsaga hojatim yo‘qdir», dedilar. Shunda xalifa «Qizlaring uchun kerak bo‘lib qolar», dedilar. Ibn Mas’ud: «Qizlarim kambag‘al bo‘lib qolishidan qo‘rqasanmi? Men ularga har kechada «Voqe’a» surasini o‘qishni buyurganman. Chunki men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Qaysi bir kishi har kechada Voqe’a surasini o‘qisa, unga abadiy kambag‘allik etmaydi», deganlarini eshitganman. U kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlaridan keyin Kufadagi Baytulmolga voliy bo‘ldilar. Usmon ibn Affonning xalifalik davrlarida Madinaga keldilar va hijratning 32-yili shu erda vafot etdilar. Usmon ibn Affon roziyallohu anhu janoza namozini o‘qidilar va «Baqiy’» qabristoniga dafn etildilar. Boshqacha qilib aytsak, ushbu hadisi sharifning ma’nosi «Vasvasa ayni iymondir» degan bo‘ladi. Bu qanaqasi? Axir vasvasa shaytondan, iymon Rahmondan-ku! Vasvasa iymonning kushandasi-ku! Qanday qilib u ayni iymon bo‘lishi mumkin? Bu gap «Olov – suvdir», deganga o‘xshamaydimi? Ushbu hadisi sharif bilan dastlab tanishgan odamda shunga o‘xshash savollar paydo bo‘lishi mumkin. Ammo, kaminada bu savollar paydo bo‘lmadi. Chunki, ushbu satrlar yozilishidan yigirma bir yil oldin o‘tgan tajriba bu ma’noni tushunishga yordam berdi. Umumjahon Islomga chaqirish kulliyasiga yangi o‘qishga kelgan paytim edi. Birdan qalbga vasvasa tushib, bo‘lmag‘ur fikrlar xayolga o‘ralashib qoldi. Dunyo ko‘zimga tor ko‘rinib, hech narsa tatimaydi. Birovga aytishning iloji ham yo‘q. Bu holat bir necha kun davom etdi. Siqilish, tashvish yuqori cho‘qqisiga etdi. Ana shunday og‘ir damda ko‘zim Hakim Termiziyning arab tilidagi «Muridlar odobi» kitobiga tushdi. Muallifi Termiziy bo‘lgani uchun «Vatandoshimiz ekan», deb, kitob do‘konidan xarid qilgan edim. Kitobni qo‘lga oldim. To‘g‘ri kelgan joyini ochib, o‘qiy boshladim. U erda vasvasa haqida gap borar edi. «Muridning qalbiga vasvasa tushsa, yaxshilik alomati, deb bilsin. Chunki shayton uni yo‘qlab qolibdi. Odatda, shayton obod bo‘layotgan qalblarni vasvasa qilishga urinadi. Xaroba qalblar shunday ham uning mulki hisoblanadi, ovora bo‘lib, ularni vasvasa qilib ham o‘tirmaydi. Shayton obod qalblarni xaroba qilish umidida ularga vasvasa qiladi. Urinib-urinib, niyatiga erisha olmagach, tashlab ketadi», deyilgan edi. Qalbimga «yalt» etib yorug‘lik tushdi. Xursand bo‘lib ketdim. Oriz bo‘lgan narsa vasvasa ekanligini tushundim. Uning nima uchun bo‘layotganini ham angladim. Mana bugun esa Allohga beadad shukrlar bo‘lsin, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning vasvasa haqida «U ayni iymondir», deb aytgan hadislarini hech qiyinchiliksiz tushunib turibman. Demak, kishi vaqtida anglab etib, Alloh taolodan darhol panoh so‘rasa, qalbiga tushgan vasvasa unga zarar etkaza olmas ekan. Bu esa aqiydaviy, ruhiy-ma’naviy sog‘lomlik uchun nihoyatda zarurdir. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 02:52 | Savol-javoblar | 186 | Aqiyda