Psixologiya haqida

Assalomu alaykum! Bugungi kunda qalb hotirjamligiga erishish uchun juda ko‘p maruza va diniy ilmlarga murojat qilmoqdaman. Lekin turmush sinovlari qaynona ovsinlar o‘rtasidigi gap so‘zlardan judayam charchab qolmoqdaman. Zikrni o‘zi yordam bermayapti. Zaiflashib stressga tushib qoladigan bo‘lganman. Bu oilamga farzandlarimga ta’sir qiladi albatta. Psixologiya darslarini eshitib azgina o‘zimda hotirjamlikni his qila boshladim. Ammo ularni ba’zi tushunchali bizning e’tiqodga to‘g‘ri kelmayapti. Savolim shuki Psixosamatika haqida dinimizda nimalar deyilgan? Ya’ni kasalliklar asabiylashganimizdan kelib chiqadimi va ularni davolashda ruhiyatni davolash muhimmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har bir mamlakat mutaxassisi yoki o‘sha mamlakatlarda ta’lim olgan kishilar o‘sha mamlakatda keng tarqalgan dinga bog‘liq psixologiyani o‘rgatishadi. Masalan evropa xalqi tavrot va injilga bog‘lab, hindlar krishna, ram kabi o‘zlari to‘qib olgan ta’limotlariga asosan, xitoydagilar kanfusi ta’limotiga asoslanib o‘rgatishadi. Islom ulamolari Islom ta’limotiga asoslanib psixologiyadan ta’lim berishadi. Ular psixologiyani “Ilmunnafs” deb atashadi. Siz qaysi yurtda ta’lim olgan va qaysi dinga bog‘lab dars o‘tadigan kishida o‘qiysiz? Buni bilishingiz shart. Chunki Islom psixologiyasidan boshqa dinga bog‘lab psixologiya darslarini o‘tadiganlar juda ko‘p o‘rinlarda og‘izlarida shirk va kufr so‘zlar ham aytib yuborishmoqda. Psixologlar ham bizning xalqimizni aksar qism musulmon bo‘lgani uchun Islom aqiydasidan boxabar bo‘lishlari shart. Aks holda insonlarga manfaat etkazish bilan birga ulkan buzuq aqiydalarga bog‘lab qo‘yishlari mumkin. Oddiy misol, Islomda namoz qandan ibodat amali bo‘lsa, yoganing mashg‘ulotlari buddizm dinida shu kabi ibodat hisoblanadi. Yogada badan harakati bilan birgalikda Allohdan boshqa kuchga sig‘inish degan narsa ham bor. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:26 | Savol-javoblar | 161 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar