Zakot chiqarsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Tijoratchi 1 yilda 6 bor 7 bor chetga borib ishlab keladi. 1 borganda nisob puli daromadga qoladi, yosh oila bo‘lgani uchun ro‘zg‘or kamchiliklari har daf kam kam bitkazadi (uyini tamirlaydi, jixoz oladi). Masalan 6-7-safaridan 3500 dollar daromadi bor u o‘shandan zakot chiqarsa to‘g‘ri bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir yil oldin ham qo‘lida shuncha bor o‘rtada yo‘q, keyin yil to‘lgach qo‘liga yana kelib tushsa zakot beradi. Ya’ni, zakotni ado etadigan paytida qo‘lida qancha bo‘lsa, o‘shandan beradi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 03:02 | Savol-javoblar | 161 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar