Ixtiyoriy jarrohlik kontrotseptsiyasi

Assalomu alaykum! Men shifokorman, hozirgai vaqtda yangicha jarrohlik yo‘li bilan sog‘lom ayollar ixtiyoriy roziligi bilan homiladorlikdan saqlanish uchun operatsiya yo‘li bilan tuxumdon naychalarini bog‘lashni o‘tkazilmoqda. Bunga shar’iy hukm qanday? Gunoh bo‘lmaydimi? Ayollar qosh terishi gunohligini eshitgandim. Buchi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shar’iy uzr va sababsiz bunday qilish shariatimizda harom. Bu Alloh taolo yaratgan xilqatni o‘zgartirishga kiradi. Alloh taolo “Niso” surasi 119-oyatida marhamat qiladi: وَلآمُرَنَّهُمْ فَلَيُغَيِّرُنَّ خَلْقَ اللّهِ وَمَن يَتَّخِذِ الشَّيْطَانَ وَلِيًّا مِّن دُونِ اللّهِ فَقَدْ خَسِرَ خُسْرَانًا مُّبِينًا۝ Shayton «...va ularga amr qilsam, Allohning yaratganini o‘zgartirarlar», – dedi. «Allohning yaratganini o‘zgartirish» odamlarni bichish, kuydirish yoki boshqa yo‘llar bilan inson badaniga turli alomatlarni solishdir. Bunday ishlarni qilganlar ham shaytonning yo‘liga yurgan bo‘ladi. «Kimki Allohni qo‘yib, shaytonni do‘st tutsa, batahqiq, ochiq-oydin ziyon ko‘ribdi». Demak, inson uchun ikki ixtiyor bor, uchinchisi yo‘q. Yoki Allohni do‘st tutishi kerak, yoki shaytonni. Baxtli-saodatli bo‘lay, ziyonga uchramay, deganlar Alloh taoloni do‘st tutadilar, Uning yo‘liga yuradilar. Shaytonni do‘st tutganlar esa ochiq-oydin ziyonga uchrashlari haq. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Qosh terish ham shar’an joiz emas. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 06:44 | Savol-javoblar | 147 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar