Cho‘chqa go‘shtiga qo‘l tekkizish

Assalomu alaykum! Men Germaniyada kafeda ishlayman. cho‘chqa go‘shtidan qilingan ovqatlarni idishlari yuvaman. Tabiyki qo‘lim xam tegadi va maydalangan cho‘chqa go‘shtidan pitstsa qilishga xam majbur bo‘laman, chunki bu xam mening vazifam. Xar safar go‘shtga qo‘limni tekkizganimda juda qo‘rqib ichimdan juda afsus chekib Allohdan kechirim so‘rayman. Shu qilayotgan ishim durustmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yuvishingiz joiz, ammo taom tayyorlashingiz joiz emas. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 02:51 | Savol-javoblar | 144 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar