Usmon rozyallohu anhu

"Alloh haqdan hayo qilmaydi" degan ma’no kelib chiqadigan oyat haqida eshitgandim. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning muborak uylarida mehmon bo‘lib uzoq o‘tirib qolganlar orasida Usmon roziyallohu anhu bo‘lganmilar? “Usmondan Alloh ham hayo qilarkan” degan gap qanchalik asosli va buni qanday tushunishimiz kerak?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
عَنْ عَائِشَةَ عن النبي صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ : إِنَّ عُثْمَانَ حَيِيٌّ سَتِيرٌ، تَسْتَحْييِ مِنْهُ الْمَلَائِكَةُ. وروى الطبراني في "المعجم الأوسط" Oysha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi : "Nabiy sollallohu alayhi vasallam : Usmon o‘ta hayoli, satrli kishidir. Undan farishtalar ham hayo qiladi" dedilar. Vallohu a’lam.  
“Usmondan Alloh ham hayo qilarkan” degan gapni qerdan oldingiz?

26 May 2022, 15:27 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar