O‘zini joniga qasd qilish

Assalomu alaykum! Bundan 3 yil oldin otam olamdan o‘tganla. O‘sha kuni Adam xar doimgidek mast bo‘p kegandila. Man oyimi tish do‘xtirga ob ketgan edim, uyga kesak xar doimgidek janjal azgina o‘tirganamizdan keyin man oyimga singlimni olib yuring ammamikiga mazez yo‘q o‘shatta yotib qolasiz, ertaga kelamiz deganidim. Xichnima qimidi deb va majburlab olib ketkan edim. Ketvotganimizda Adam raxmatlik o‘zimni osaman bugun degandila. Man axamiyat bermagandm, chunki oldinxam shunaqa derdila. Oyimni ko‘ngllari sezib bomdodda turib adeng rostan shunaqa qilsaya deganlarida yo‘g‘e oyijon degandim. Ertalab borsak eshik taqillatdik xich kim ochmadi, judayam qattiq uxlavotila deb o‘ylab keyin men 1-etajda turardik eshshak topib ammalab oynadan qarab chiqdim. Oxirgi qaraganimda Adam o‘zlarini oshxona eshikiga osib qo‘yibdila. Shuncha yildan beri o‘zimni qiyniyman. Man olib ketmananimda shunaqa bo‘masdi deb. Nima qilsam otami roziligini ololiman va o‘zimni vijdon azobidan chiqara olaman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Endi ezilishdan hech qanday foyda yo‘q. Aksincha g‘ayrat bilan ko‘proq savobli ishlar qilib, savobini bag‘ishlab turing. Shundan foyda. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 11:40 | Savol-javoblar | 152 | Administrator
|
Boshqa savol-javoblar