Rizq talab qilish

Assalomu alaykum! Rizq talab qilish me’yorlari va hukmlari to‘g‘risida ozgina ma’lumot berib o‘tsangizlar. Alloh barchamizdan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن عبد الله بن مسعود  رضي الله عنه - قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : " طلب كسب الحلال فريضة بعد الفريضة "رواه البيهقي في" شعب الإيمان Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :   Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Halol kasbni talab qilish farzdan keyingi farzdir, ya’ni namoz va ro‘za kabi farzlardan keyin turadigan farzdir”. Duo qilib tursangiz yaqinda shu mavzuda bir kitob chiqarish niyatidamiz. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 03:02 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar