Dinimiz ustunlari

Assalomu alaykum! Dinimiz 5 ustuni Xakida bilmokchiman. Men Ustozlarimdan surasam xar xil Fikrdalar xammali. Kaysi biri tugri? 1.Iymon.Namoz.Zakot.Ruza Xaj 2.Iymon.Namoz.Ruza.Zakot.Xaj 3.Iymon.Namoz.Zakot.Xaj.Ruza Javob uchun oldindan Raxmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Iymon, namoz, zakot shu tartibda xilof yo‘q, ro‘za keyin haj yoki aksi degan gapda ulamolar bu haqida kelgan rivoyatlarning tartibiga asoslanib ixtilof qilganlar. Rivoyatlarda kelganigi ko‘ra (ro‘za keyin haj yoki haj keyin ro‘za) ikkisi ham to‘g‘ri bo‘laveradi va bu bandaning amaliga biror ta’srini ko‘rsatmaydi. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 09:10 | Savol-javoblar | 204 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar