Qarz oldi berdisi
Assalomu alaykum! O‘tgan yili men Rossiyada edim. To‘plab qo‘ygan 4500 dollarim bor edi. O‘sha payt ukam arendaga taksi qidirib, ishlamoqchi edi. Shunda men unga: men senga 4500 berib turaman. O‘shanga mashina ol, arenda ham to‘lamaysan. Faqat sharti 1 yildan so‘ng, o‘sha pulimni ishlab qaytarib berasan. Agar pul qilolmasang, o‘sha mashinani sotib qilib berasan dedim. Agar mashina eskirib 4000 ga sotsang, yoningdan 500 qo‘shib berasan. Agar 5000 ga sota olsang, 500 o‘zinga qoladi dedim. Ukam meni 4500 pulimga yana yonidan 700 qo‘shib mashina oldi.5200 ga. Oradan bir yil o‘tdi, ukam pul qila olmadi. Men O‘zbekistonga keldim, ukam Rossiyaga ketdi. Men Mashinani sotmay qo‘yaver, menga o‘tdi,dedim,qarzingdan uzilding. Men senga yoningdan qo‘shganligin uchun,500 beraman dedim.Hali berganim yo‘q. 1 savol-shu ish joizmi? Men ham 1 oycha mashinani mindim, hozirda men ham mashinani sotmoqchi bo‘lib turibman. 2 savol-agar mashinani 4000 ga sotsam,u menga 500 beradimi, Agar 5000 ga sotsam,men unga 500 beramanmi? 3 savolim esa-mashinani nasiyaga olishga ham haridor chiqdi.Ya’ni 1 yilga 6000 dollarga olmoqchi. Bunday holatda men nima qilay. 500 ukamga berib,1000 dollar o‘zimga foyda bo‘lsa joizmi? Chunki 1 yil avval 4500 dollar bergan qarzim,2 yildan so‘ng 6000 dollar bo‘lib qolgandek tuyulyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Aslida mashinani siz olgan vaqtingizda narxlab, oradagi farqni oldi-berdi qilib olishingiz kerak edi.2). «Mashinani sotmay qo‘yaver, menga o‘tdi, qarzingdan uzilding», deganingizdan keyin endi 4000 ga sotsangiz ham, 5000 ga sotsangiz ham unga 500 ni berib qolganini o‘zingiz olasiz.3). Ukangizni 500 ni berib, siz mashinani 6000 ga nasiyaga sotsangiz bo‘ladi, muammo yo‘q. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 08:11 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat