Namozda Fotihani o‘qimaslik

Assalomu alaykum! Men namoz o‘qiyatganimda bazida sanodan keyin Fotixa surani o‘qimasdan zam surani o‘qiyotgangandek bo‘laman. Keyin namoz oxirida sajdai safx qilaman. Shunda namoz ado qilgan bo‘lamanmi yoki namozni qayta o‘qishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bizning mazhabimizda Fotihani o‘qish vojib bo‘lib, unutgan odam sajdai sahv qiladi. Namozni qayta o‘qishga hojat yo‘q. Namozga e’tiborliroq bo‘ling, xushu’ bilan o‘qishga harakat qiling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 19:18 | Savol-javoblar | 160 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar