Soch soqol haqida

Assalomu alaykum! Kasbim sartarosh, ba’zi yoshi ulug‘ mijozlar qoshi o‘sganini va ko‘ziga kirishini aytishadi va qoshlarini kaltalashimni xohlashadi. Bu joizii?
2). Faqat jag‘ qismiga qo‘yilgan soqol haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yaxshi bo‘lmagan o‘xshatish qilgan ekanlar deb aytdilar. Shu gap to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Joiz. 2). عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ  رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: يَكُونُ قَوْمٌ يَخْضِبُونَ فِي آخِرِ الزَّمَانِ بِالسَّوَادِ كَحَوَاصِلِ الْحَمَامِ لَا يَرِيحُونَ رَائِحَةَ الْجَنَّةِ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Oxir zamonda soch-soqolini kabutarning to‘shiga o‘xshatib qoraga bo‘yaydigan qavmlar bo‘lur. Ular jannatning hidini ham hidlamaslar», dedilar». Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar. Sharh: Ulamolarimiz ushbu rivoyatdagi «kabutarning to‘shiga o‘xshatib» degan ma’noni ikki xil tushunish mumkin, deydilar. Birinchisi – oxir zamonda bir qavmlar chiqadiki, ular soqolni faqat jag‘lariga xuddi kabutarning to‘shiga o‘xshatib qo‘yadilar. Bunda sunnatga xilof qilib, faqat iyakkagina soqol qo‘yish ham qoralangan bo‘ladi. Ikkinchisi – oxir zamonda bir qavmlar chiqadiki, ular soqolni xuddi kabutarning to‘shiga o‘xshatib qoraga bo‘yab yuradilar. Demak, ikki mazkur ish ham yaxshi emas ekan. Ulamo ahli soch-soqolni qoraga bo‘yash haqidagi barcha dalillarni chuqur tahlil qilib chiqib, soch-soqolni qoraga bo‘yash makruh, degan qarorga kelishgan. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 03:02 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar