’reditga pul olgandim

shayx xazratlari sizdan bir ish masalasida maslahat berishingizni surayman, bu ishga bir yil tuladi, yani men horijda uqib ishlayman, bankda xisob raqamim bor, bir kun bank menga 15000 taklif qildi, buni bir tadbirkor urtogima etsam menga bitta ish taklif qilgandi, yani bank menga taklif qilgan pulni ol va bunga moshin olib ijaraga beramiz deb, yani oyiga 1000 beraman, sen esa 500 bankga berasan 500 foydaga qoladi yani bankga 4 yil davomida oyiga 500 tulash sharti bilan, 15000 ni 24000 qilib berish sharti bilan olgandim, va mashinani olishdan bir kun oldin Allohga istihora namozi uqib shu ishda dinimga va dunyoyimga foda bulsa amalga oshishini, aks holda buni mendan burib yuborishin suradim va kechqurun uyga kelsam usha urtogimni yaqin dusti u haqda yomon gap aytdi, gapni juda yomonligidan bu ishdan qaytdim, u pulni esa uy qurilishiga ishlatib yubordim, bu ishimdan juda afsusdaman, yani riboda bergan ham olgan ham lanatlangan, shuning uchun bu pulni tezroq tulashim uchun juda qattiq harakat qilayapman, nima qilsam ekan deb boshim qotgan. Olgan pulimni 15000 mingini qaytarib qolganini bermayman desam musulmon ahdiga vafo qilguvchi degan farmonga qarshi bulib qoladi, beraman desam ribo tulaganga lanat etilgan, shu masalada sizdan maslahat olishni lozim tutdim. Alloh SVTdan sizga va bizlarga doimiy iymon,foydali ilm, ketmas davlat , va Firdavs jannadida paygambarimiz sav birgalikda Alloh SVT jamolini kurishlikni surab qolaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qarz bergan taraf rozi bo‘lib sizga yordam bersa yaxshi bo‘ladi. Ya’ni, muddatidan oldin to‘layman, kechvor deysiz. Bilmay qilganingiz uchun engillik bor.

27 May 2022, 04:42 | Savol-javoblar | 167 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar