Siydikdan saqlanish haqida?

Assalomu alaykum! Hurmat Zikr ahli, izlash xizmatidan foydalandim, lekin mos javob topa olmadim. Musulmonchilikda siydikdan saqlanib pok yurish va najas tegmagan kiyimda namoz o‘qish kerakligini bilamiz. Lekin, kichik hojatdan so‘ng, zakarni bir necha marotaba siltab va boshqa harakatlarni qilib, to oxirgi tomchini chiqarib biron bir salfetka yoki hojat qog‘oziga artib poklagandan so‘ng ham, biroz vaqt o‘tib  qaralganda baribir moshdek yoki undan kichik miqdorda mayda tomchi ichki kiyimga tekkanligining guvohi bo‘laman. Savolim quyidagicha; ushbu, ya’ni mayda siydik tomchisi tekkan ichki kiyim bilan namoz o‘qisa bo‘ladimi? Bunday holat siydikdan poklanmaslik holatiga kirib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Quyidagi linkda berilgan javobni o‘qing. https://savollar.islom.uz/savol/123296

27 Aprel 2022, 11:19 | Savol-javoblar | 197 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar