Sizu bizni yaratguvchimizni kim yaratgan?
Assalomu alaykum! Domla beradigan savolim noo‘rin bo‘lsa meni ma’zur tuting. Siz bilan bizni va butun olamni yaratguvchi Zot qanday yaralgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! "Falon erkak o‘g‘il tug‘ibdi" desa unga nima deb javob berasiz? Aniqki “U erkak kishi, u tug‘ilishiga sabab bo‘ladigan kishi, u tug‘maydi” deysiz va savol beruvchini “Axmoqmisan” deysiz. Xuddi shuningdek Alloh taolo Yaratuvchi Zot, U Zot haqida “Uni kim yaratgan” deyish “Bir erkak o‘g‘il tug‘ibdimi” deyishga o‘xshaydi. Erkakni o‘g‘il tug‘masligini aqlingiz tan olmoqda, ammo nega Yaratuvchi Zotni hech kim yaratmaydi degan gapni aqlingiz olmaydi. Bu haqida “Hadis va Hayot” kitobida quyidagicha berilgan: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: يَأْتِي الشَّيْطَانُ أَحَدَكُمْ فَيَقُولُ: مَنْ خَلَقَ كَذَا؟ مَنْ خَلَقَ كَذَا؟ حَتَّى يَقُولَ مَنْ خَلَقَ رَبَّكَ؟ فَإِذَا بَلَغَ ذَلِكَ فَلْيَسْتَعِذْ بِاللهِ وَلْيَنْتَهِ. رَوَاهُ الثَلَاثَةُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Shayton biringizga kelib: «Buni kim yaratdi? Uni kim yaratdi?» deydi. Hatto: «Robbingni kim yaratdi?» ham deydi. Qachon shunga etganda, u Allohdan panoh so‘rasin va bas qilsin», dedilar».
Uchovlari rivoyat qilishgan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifda inson xayolidan kechadigan ba’zi vasvasalar shaytondan ekanligi bayon qilinmoqda. Shu bilan birga, o‘sha shayton vasvasasini qaytarish yo‘li ham ko‘rsatilmoqda. Shayton Odam Ato bilan o‘zi orasida bo‘lib o‘tgan mashhur mojarodan buyon odam bolasiga dushmandir. U Qiyomat kunigacha odamzodni vasvasa qilishga qasam ichgan. Shuning uchun ham, inson hargiz bu la’natlangan dushmanini unutmasligi kerak. Gohida xayoliga kelib qoladigan vasvasali fikrlar, «uni kim yaratgan, buni kim yaratgan» kabi savollar bora-bora «Robbingni kim yaratgan?» kabi telba fikrga olib kelishi ham turgan gap. Shuning uchun mazkur holat yuzaga kelganda darhol: «A’uzu billahi minashshaytonir rojiym», deb Allohdan panoh so‘rasin, mazkur xayollarni miyasidan quvsin! Shu bilan ish tugaydi. Hech narsa ko‘rmagandek bo‘lib ketadi. Aks holda oqibati chatoq bo‘lishi mumkin.
Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Shayton vasvasasining haqligi.
2. «Uni kim yaratdi, buni kim yaratdi?» deb borib, «Robbingni kim yaratdi?» deyishgacha borib qolish ham mumkinligi.
3. Bunday holatlarda Allohdan panoh so‘rash lozimligi.
4. Bunday savollarni darhol to‘xtatish lozimligi.
Sirtdan sodda ko‘ringani bilan bu hadisda zikr qilingan masala o‘ta muhimdir. Vasvasa kishilar uchun eng nozik va eng xatarli narsa, u aqiyda bobida zarar etkazadi. U tufayli inson dindan chiqib, kofir bo‘lishi hech gap emas. Ushbu hadisda ana shunday katta muammoni hal etish yo‘li taqdim etilmoqda. Hozirgi kunda musulmon olamida ham, undan tashqarida ham vasvasa xastaligiga uchraganlar kun sayin ko‘payib ketayotgani hech kimga sir emas. Ruhiy va asabiy kasallar soni tinimsiz o‘sib bormoqda. Bu esa ushbu hadisi sharif va keyingi keladigan hadislarning hikmatiga insoniyat qanchalik muhtoj ekanligini ko‘rsatadi. وَعَنْهُ عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: يَأْتِي الشَّيْطَانُ أَحَدَكُمْ فَيَقُولُ: مَنْ خَلَقَ السَّمَاءَ؟ مَنْ خَلَقَ الْأَرْضَ؟ فَيَقُولُ اللهُ، فَمَنْ وَجَدَ مِنْ ذَلِكَ شَيْئًا فَلْيَقُلْ آمَنْتُ بِاللهِ وَرُسُلِهِ Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Shayton biringizga kelib:
«Osmonni kim yaratgan? Erni kim yaratgan?» deydi. U:
«Alloh», deydi.
Kim shunga o‘xshash narsani sezsa, darhol «Amantu billahi va Rusulihi» (Allohga va Uning Rasullariga iymon keltirdim), desin», dedilar».
Sharh: Bu hadisi sharif ham hazrati Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan va o‘tgan hadisni tafsir qilib kelmoqda. Vasvasaning avvalgi bosqichidayoq Allohga va U Zotning payg‘ambarlariga bo‘lgan iymonni e’lon qilib, shaytonni quvish haqida maslahat berilmoqda.عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: قَالَ اللهُ عَزَّ وَجَلَّ -إِنَّ أُمَّتَكَ لَا يَزَالُونَ يَقُولُونَ مَا كَذَا؟ مَا كَذَا؟ حَتَّى يَقُولُوا هَذَا اللهُ خَلَقَ الْخَلْقَ فَمَنْ خَلَقَ اللهَ؟- رَوَاهُمَا الشَّيْخَانِ Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh azza va jalla: «Albatta, ummating: «Bu nima, bu nima?» deyishda davom eta borib, hatto «Alloh xaloyiqni xalq qildi, bas, Allohni kim xalq qildi?» ham deydilar», der», dedilar».
Ikki hadisni ikki Shayx rivoyat qilishgan.
Sharh: Bu hadisi sharifga o‘xshash hadislar hadisi qudsiy deb nomlanadi. Oddiy hadislarning ma’nosi Alloh taolodan, lafzi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan bo‘ladi. Hadisi qudsiyda esa ma’no ham, lafz ham Allohdan bo‘lib, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uni ko‘chirma gap tarzida etkazadilar.
Bu hadisi sharifda ham vasvasa borligi isbot qilinmoqda. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 20:03 | Savol-javoblar | 175 | Islam